Rossiya

Zaxarova Trassning sharmanda boʻlganini eslatib qoʻydi

© Sputnik / Press-slujba MID RFOfitsialnыy predstavitel Ministerstva inostrannыx del Rossii Mariya Zaxarova, arxivnoye foto
Ofitsialnыy predstavitel Ministerstva inostrannыx del Rossii Mariya Zaxarova, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya TIV rasmiy vakili Liz Trassga Sergey Lavrov bilan uchrashganida sharmanda boʻlganini eslatdi.
TOSHKENT, 18 iyul — Sputnik. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trassning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qilishga tayyorligi haqidagi bayonotini izohlar ekan, Trassning fevral oyida Moskvada Rossiya diplomatiyasi rahbari Sergey Lavrov bilan muzokaralarda muvaffaqiyatsizlikka uchraganini esladi.
Zaxarovaning qayd etishicha, Trassning oʻsha yigʻilishda Lavrovni “chaqirib, qamal qilishga” urinishi “u nima haqida gapirayotganini ham tushunmay, geografik nomlarni chalkashtirib yuborgani sharmandalikdir”.
“Yoningga chaqirib oʻzingcha Lavrovni qamal qilmoqchi boʻlganing oʻxshamadi, Liz”, deydi Zaxarova.
“Ushbu muzokaralarda Britaniya elchisi Liz Trassning qulogʻiga toʻgʻri javoblarni pichirlashga majbur boʻldi va xoʻjaynining har bir xatosini tuzatib turdi”, deya yozgan Rossiya TIV vakili ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib oʻtamiz, fevral oyida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Buyuk Britaniya tashqi siyosati yetakchisi Liz Trass oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtgan edi. lavrov ushbu muzokaralardan hafsalasi pir boʻlganini aytib, suhbatni goʻyoki soqov va karlar suhbatiga oʻxshatgan.
Yangiliklar lentasi
0