Oftob urish holatlari bo‘yicha murojaatlar kelib tushmadi – SSV

© Sputnik / Vladimir Sergeyev / Mediabankka o‘tishProxojie na odnoy iz ulis v Moskve
Proxojie na odnoy iz ulis v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2022
Obuna bo‘lish
Ayni vaqtda tez tibbiy yordamga chaqiriqlar soni o‘rganilmoqda.
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal issiq kunlari fuqarolardan oftob urish holatlari bo‘yicha murojaatlar kelib tushmadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayev Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.

“Ayni vaqtda jazirama oqibatida tez tibbiy yordamga chaqiriqlar soni, yurak qon-tomir kasalliklari yoki nafas olish bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda", - deydi Furqat Sanayev.

Qayd etish joiz, shu kunlarda O‘zbekistonda jazirama ob-havo kuzatilmoqda. Ayrim hududlarda havo harorati +44...+47 darajagacha ko‘tarilmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, yozning jazirama kunlarida oftob urishidan ehtiyot bo‘lish lozim.
Bunda eng avvalo, ko‘chaga chiqayotganda ochiq rangli tabiiy matolardan tikilgan yengil libos kiyish, issiqdan saqlaydigan bosh kiyim, ko‘zoynak va soyabonlardan foydalanish kerak.
Shuningdek, imkon qadar yog‘li, dudlangan taomlarni iste’mol qilmaslik, tez buziladigan ovqatlardan ehtiyot bo‘lish kerak. Tanada suv balansini ushlab turish uchun kuniga o‘rtacha 2-3 litr suyuqlik ichish tavsiya etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zgidromet hafta juda issiq bo‘lishini ma’lum qilgandi. Unga ko‘ra, haftaning ikkinchi yarmida issiq kuchayadi va 21-23 iyul kunlari kunduzi havo harorati +43...+45 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +47 darajagacha isiydi.
Yangiliklar lentasi
0