Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya harbiylari Xarkov viloyatiga insonparvarlik yordami yetkazib berishdi – video

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishLyudi nesut gumanitarnuyu pomoщ. Arxivnoye foto
Lyudi nesut gumanitarnuyu pomoщ. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Xarkov yaqinida ozod qilingan qishloqlarga 50 tonna oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. Rossiyalik harbiylar Xarkov yaqinida ozod qilingan qishloqlarga 50 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Ukrainaga insonparvarlik yordami har kuni joʻnatilmoqda. Mahalliy aholi harbiylarga yetkazib berilayotgan yordam uchun minnatdorchilik bildirishmoqda.
Ularga hayot uchun birinchi zaruriy buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilmoqda.Ukrainalik harbiylar ortga chekinish paytida barcha doʻkon va omborlarni yoʻq qilib ketishgan.
“Deyarli har hafta olib kelib, odamlarga tarqatishadi”, - deydi mahalliy aholidan biri.
Yuk tarkibidan oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va birinchi zaruriy buyumlar oʻrin olgan.
Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini eʼlon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan Donbassda tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yoʻq qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik gʻoyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
Yangiliklar lentasi
0