Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan uchrashadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV natsionalnoy turisticheskoy zone "Avaza" sostoyalsya festival natsionalnix blyud narodov Sentralnoy Azii
V natsionalnoy turisticheskoy zone Avaza sostoyalsya festival natsionalnix blyud narodov Sentralnoy Azii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2022
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyo davlatlarining barcha prezidentlari 20-21 iyul kunlari Qirg‘izistonda uchrashishadi– tafsilotlar.
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Cho‘lpon-Otada 20-21 iyul kunlari Markaziy Osiyo davlatlarining barcha prezidentlari yig‘ilishadi. U yerda mintaqa davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqida Sputnik Qirg‘iziston deb xabar berdi.
Yig‘ilishda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ishtirok etadi.
“Mamlakat rahbarlari mintaqaviy xavfsizlikka tahdid va ularga birgalikda javob berishda Markaziy Osiyo davlatlarining o‘zaro hamkorligini kuchaytirish yuzasidan fikr almashadi, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qiladilar. Madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash masalalari ham kun tartibidan o‘rin olgan”, deydi Qirg‘iziston prezidenti administratsiyasi tashqi siyosat bo‘limi mudiri Muratbek Azymbaqiyev.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi maslahat uchrashuvi doirasida mintaqa mamlakatlari o‘rtasida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ayrim mamlakatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Yangiliklar lentasi
0