Jamiyat

Jazirama sababli metro poyezdlari tezligi kamaytirildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPoyezda sergeliyskoy linii Tashkentskogo metropolitena
Poyezda sergeliyskoy linii Tashkentskogo metropolitena - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yer usti metro harakati yoʻllaridagi harorat +65 darajaga yetdi.
TOSHKENT, 20 iyul — Sputnik. Yer ustida harakatlanuvchi metro poyezdlar harakat tezligi 25 km/soatgacha tushirildi. Bu haqida "Toshkent metropoliteni" xabar berdi.
Qayd etilishicha, "Yer usti halqa yoʻli" va "Sergeli" yoʻlining temir yoʻllari va ularning poʻlat qismlaridagi harorat +65 darajaga yetgan.

“Poyezdlar harakati va yoʻlovchilar xafsizligini taʼminlash maqsadida belgilangan qoidalarga koʻra, yer ustida harakatlanuvchi metro poyezdlar harakat tezligi 25 km/soatgacha tushirildi”, - deyiladi xabarda.

Qolaversa, poyezdlar harakat jadvalini meʼyorda saqlash maqsadida "Chilonzor" yoʻnalishining yer osti yoʻli qismida ("Olmazor"-"Buyuk ipak yoʻli") poyezdlar tezligi 40 km/soatga tushirildi.
Maʼlumot uchun, avvalroq anomal issiq ob-havo sabab barcha turdagi (yuk va yoʻlovchi) poyezdlar tezligiga cheklovlar kiritilgandi. Natijada yoʻlovchi poyezdlarning harakat jadvali, ayniqsa joʻnash hamda manziliga yetib borish vaqtlarida oʻzgarish boʻlgan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzgidromet haftaning ikkinchi yarmida issiq kuchayishi va 21-23 iyul kunlari havo harorati +43...+45 darajagacha, shimolda, janubda va choʻl hududlarda +47 gacha isishini prognoz qilgandi. Bugun poytaxtda havoning maksimal harorati +39-41 darajaga yetdi.
Yangiliklar lentasi
0