https://sputniknews-uz.com/20220720/putin-erdogan-26348699.html
Tehronda Putin Erdogʻan bilan nimalarni muhokama qildi?
Tehronda Putin Erdogʻan bilan nimalarni muhokama qildi?
Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasi boshlanganidan beri ilk yuzma-yuz uchrashuv Tehron xalqaro anjumanlar zalida boʻlib oʻtdi. 20.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-20T09:51+0500
2022-07-20T09:51+0500
2022-07-20T10:31+0500
dunyoda
vladimir putin
toyib erdoʻgʻon
tehron
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/14/26348914_0:0:3073:1728_1920x0_80_0_0_15a3c69b4d0c0febde4a5dd7397acfec.jpg
TOSHKENT, 20 iyul — Sputnik. Kecha “Ostona formati” sammitida ishtirok etish uchun Eron poytaxti Tehronga borgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya rahbari Rajab Tayyip Erdogʻan bilan uchrashdi.Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasi boshlanganidan beri ilk yuzma-yuz uchrashuv Tehron xalqaro anjumanlar zalida boʻlib oʻtdi. Uchrashuv oldidan prizedentlar qoʻl berib koʻrishdi va matbuot vakillariga qisqa nutq soʻzladi.Vladimir Putinning soʻzlariga koʻra, Qora dengiz portlaridan Ukraina gʻallasini eksport qilish bilan bogʻliq barcha masalalar hali hal etilmagan, biroq allaqachon harakatlar boshlangani yaxshi.Rossiya prezidentining soʻzlariga koʻra, Suriyani tartibga solish boʻyicha bir qancha jumboqlar bor, biroq Rossiya Federatsiyasi, Eron va Turkiyaning Suriyadagi inqirozni hal qilish borasidagi ishlari umuman olganda samarasini beryapti.Erdogʻon, oʻz navbatida, “Ostona formati” doirasidagi uchrashuv katta plyus ekanini taʼkidladi.“Oʻylaymanki, vositachilik missiyasi doirasida Rossiyaning konstruktiv roli davom etmoqda va davom etadi. Yaqinda boʻlib oʻtgan Istanbul muzokaralarida Rossiya tomonining tutgan pozitsiyasi juda ijobiy va konstruktiv boʻldi”, - dedi Turkiya prezidenti.U muzokaralar samarali boʻlishiga umid bildirdi.Prezidentlar Putin va Erdogʻan oxirgi marta 2021 yil 29 sentyabr kuni Rossiyaning Sochi shahrida yuzma-yuz uchrashgan edi.
tehron
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/14/26348914_68:0:2799:2048_1920x0_80_0_0_ef1bdc88b728c2d5537ee10f35c25608.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
vladimir putin, toyib erdoʻgʻon, tehron
Tehronda Putin Erdogʻan bilan nimalarni muhokama qildi?
09:51 20.07.2022 (yangilandi: 10:31 20.07.2022) Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasi boshlanganidan beri ilk yuzma-yuz uchrashuv Tehron xalqaro anjumanlar zalida boʻlib oʻtdi.
TOSHKENT, 20 iyul — Sputnik. Kecha “Ostona formati” sammitida ishtirok etish uchun Eron poytaxti Tehronga borgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya rahbari Rajab Tayyip Erdogʻan bilan uchrashdi.
Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasi boshlanganidan beri ilk yuzma-yuz uchrashuv Tehron xalqaro anjumanlar zalida boʻlib oʻtdi. Uchrashuv oldidan prizedentlar qoʻl berib koʻrishdi va matbuot vakillariga qisqa nutq soʻzladi.
Uchrashuvda Rossiya-Turkiya hamkorligi turli yoʻnalishlarda jadal rivojlanayotgani taʼkidlandi. Ikki davlat yetakchilari Rossiya va Ukrainadan gʻalla yetkazib berish muammosini muhokama qildi.
Vladimir Putinning soʻzlariga koʻra, Qora dengiz portlaridan Ukraina gʻallasini eksport qilish bilan bogʻliq barcha masalalar hali hal etilmagan, biroq allaqachon harakatlar boshlangani yaxshi.
Rossiya prezidentining soʻzlariga koʻra, Suriyani tartibga solish boʻyicha bir qancha jumboqlar bor, biroq Rossiya Federatsiyasi, Eron va Turkiyaning Suriyadagi inqirozni hal qilish borasidagi ishlari umuman olganda samarasini beryapti.
“Bizning qarshimizda yana bir muhim masala —Qorabogʻ muammosini hal qilish ham bor. Men yaqinda Kaspiy sammiti doirasida Ozarbayjon prezidenti bilan uchrashdim, u sizga koʻp salom yoʻlladi”, - dedi Rossiya rahbari.
Erdogʻon, oʻz navbatida, “Ostona formati” doirasidagi uchrashuv katta plyus ekanini taʼkidladi.
“Oʻylaymanki, vositachilik missiyasi doirasida Rossiyaning konstruktiv roli davom etmoqda va davom etadi. Yaqinda boʻlib oʻtgan Istanbul muzokaralarida Rossiya tomonining tutgan pozitsiyasi juda ijobiy va konstruktiv boʻldi”, - dedi Turkiya prezidenti.
U muzokaralar samarali boʻlishiga umid bildirdi.
Prezidentlar Putin va Erdogʻan oxirgi marta 2021 yil 29 sentyabr kuni Rossiyaning Sochi shahrida yuzma-yuz uchrashgan edi.