Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Saqichni yutish mumkinmi - shifokor javobi

© unsplash.com/Thought CatalogJevatelnaya rezinka
Jevatelnaya rezinka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2022
Obuna bo‘lish
Shifokor to‘satdan saqich yutib yuborilsa salomatlikka qanday ta’sir qilishini aytdi
Gastroenterolog, gepatolog, tibbiyot fanlari nomzodi Sergey Valovning aytishicha, saqichni yutish salomatlikka jiddiy xavf keltirmaydi.
Ko‘pchilik saqich yutib yuborilsa, u oshqozonda hazm bo‘lib, salomatlik uchun xavfli bo‘ladi deb o‘ylaydi. Shifokorning aytishicha, saqich ishlab chiqaruvchilar uni yutib yuborish mumkinligini inobatga olishadi va salomatlik uchun bezarar bo‘lishini ta’minlashadi.
Saqich ichaklar devorlarga yopishib qolishi mumkin emas, deydi shifokor.
“Saqich matritsaga o‘xshash inert modda bo‘lib, uning ichida shirin ta’m beruvchi komponentlar va qo‘shimcha moddalar aralashib ketgan. Chaynash paytida faqat matritsa qoladi. Va u hech nima bilan o‘zaro ta’sirga kirmaydi. Va oshqozon-ichak traktidan mutlaqo bezarar o‘tadi. Hech qayerga yopishmaydi va hech qayerda qolmaydi”, - deydi shifokor.
Ammo, mutaxassis saqichning ichakda bakteriyalar ko‘paytirishini aytib o‘tdi.
“Saqichni ko‘p chaynash ham zararli. Chunki tarkibida sorbitol moddasi- ya’ni shakar o‘rnini bosuvchi modda va ichak mikroflorasini “och qoldiradigan” maxsus qo‘shimchalar bor. Natijada ichaklarda bakteriyalar ko‘payadi va bu bir qancha noqulayliklarga olib keladi”, - deb ogohlantiradi shifokor.
Yangiliklar lentasi
0