Toshkentdan Omsk, Perm va Ufaga qatnovchi avtobuslar harakati qayta tiklanadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovElektrobusi
Elektrobusi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2022
Obuna bo‘lish
“Toshkent – Krasnodar” yangi muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishida ham qatnovlar amalga oshirilishi kutilmoqda.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqqan holda “Toshkent – Omsk”, “Toshkent – Perm”, “Toshkent – Ufa” yo‘nalishidagi avtobus qatnovlari bosqichma-bosqich qayta tiklanadi. Bu haqida AOKAda Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.
Ashurmatovning so‘zlariga ko‘ra, vazirlik “Toshkent – Krasnodar” yangi muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishi hujjatlari tayyorlab, kelishish uchun Rossiya Transport vazirligiga yuborgan.
Bugundan boshlab “Toshkent” avtovokzali orqali “Toshkent–Sankt-Peterburg” yo‘nalishida qatnovlar boshlandi.
Avtobus qatnovlarlari haftada ikki marotaba chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Chipta narxi 1 mln 250 ming so‘m.
18 iyuldan boshlab qayta tiklangan avtobus yo‘nalishlari:.
“Toshkent–Moskva” yo‘nalishi- haftada ikki marotaba dushunba va payshanba kunlari. Chipta narxi 1 mln so‘m.
“Toshkent-Qozon” yo‘nalishi- haftaning seshanba va juma kunlari. Chipta narxi 800 ming so‘m.
“ Xorjiy davlatlarga avtobus qatnovlari orqali jo‘nab ketishni rejalashtirayotgan fuqarolarimizdan turli-tuman noqonuniy ravishda faoliyat ko‘rsatayotgan tashuvchilar xizmatlaridan foydalanmasliklarini so‘rab qolamiz. “Toshkent” avtovokzali orqali tashkil etilayotgan reyslarda ishonchli xizmat ko‘rsatilishi kafolatlanadi”, deyiladi xabarda.
Mazkur yo‘nalishlarda qatnovlar “Uzautotrans service” MChJ korxonasining “Yutong” rusumli avtobuslarida amalga oshiriladi. Yo‘nalishga chiqayotgan har bir avtobusga 3 nafardan haydovchi biriktirilgan.
Yo‘nalishlarga chiqishdan oldin har bir haydovchi tibbiy ko‘rikdan, avtobuslar esa texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Qatnov davomida har to‘rt soatda haydovchilar almashadi.
Eslatib o‘tamiz, 18-iyuldan O‘zbekiston va Rossiya shaharlari o‘rtasida avtobus qatnovi qayta tiklandi. Qatnov koronavirus pandemiyasi sabab 2020-yil martida vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan edi. Hozir avtobuslar Moskva, Qozon va Sankt-Peterburg shaharlariga qatnashni boshlagan.
Yangiliklar lentasi
0