Jamiyat

YTHlar oqibatidagi oʻlim holatlari kamaydi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishDorojnыy znak na meste avarii
Dorojnыy znak na meste avarii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yanvar-iyun oylarida 3559ta YTH kuzatilgan. Bu raqam oʻtgan yilga nisbatan 194 taga kam.
TOSHKENT, 20 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda yoʻl transport hodisalarida jarohat olish va oʻlim holatlari soni kamaydi. Bu haqida Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Yanvar-iyun oyida 3559 ta YTH roʻyxatga olingan. Bu koʻrsatgich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 194 taga kam.
Avariyalarda:
jarohat olganlar -2775 nafar;
vafot etganlar- 784 nafar.
Qayd etilishicha, YTHlar soni Fargʻona viloyati va Namangan viloyatidan tashqari barcha hududda kamaydi.
Oʻsish:
Fargʻona viloyati -621 ta, +3%;
Namangan viloyati-400 ta, +7%;
Kamayish:
Sirdaryo viloyati-70 ta (-1%);
Samarqand viloyati- 372 (-1%);
Xorazm viloyati - 89 ta (-3%);
Buxoro viloyati- 139 ta (-4%);
Qoraqalpogʻiston -193 (-4%);
Toshkent viloyati- 413 ta (-6%);
Surxondaryo viloyati- 131 (-8%);
Andijon viloyati- 299 ta (-10%);
Toshkent shahri-479 ta (-10%);
Navoiy viloyati- 106 (-17%);
Jizzax viloyati- 86 ta (-21%);
Qashqadaryo viloyati- 161 (-26%).
YTH kelib chiqish sababalarining 1 941 tasi inson omili bilan bogʻliq.
Unga koʻra avariyalar quyidagi holatlarda sodir boʻlgan:
Belgilangan tezlikka rioya qilmaslik- 818 ta;
Haydovchining tajribasizligi- 254 ta;
Oraliq masofani saqlamaslik-182 ta;
Piyodaga yoʻl bermaslik- 133 ta;
Svetofor yoki yoʻl belgisiga rioya qilmaslik- 105 ta;
Quvib oʻtish qoidalarini buzish-101 ta;
Mast holda transport vositasini boshqarish- 35 ta;
Boshqa sabablar 313 –ta.
YTHlarning 1618 tasi esa yoʻl infrotuzilmasini toʻgʻri tashkil etilmaganligi bilan bogʻliq.
Unga koʻra:
Bu piyodalar oʻtish joyi tashkil qilinmaganligi- 393 ta;
Veloyoʻlaklar yoʻqligi – 298 ta;
Yoʻlni ikkiga ajratuvchi toʻsiqlar oʻrnatilmaganligi – 289 ta;
Yoʻllar yoritilmaganligi – 186 ta;
Piyodalar harakatini cheklovchi toʻsiqlar (panjara) oʻrnatilmaganligi -167 ta;
Yoʻllarning oʻtkazuvchanligi transport oqimiga moslashtirilmaganligi -155 ta;
Yoʻl hoʻl yoki muzlama boʻlganligi – 68 ta;
Yerosti va yerusti piyodalar oʻtish joyi tashkil etilmaganligini- 62 ta.
Barcha YTHlarning 1648 tasi avtomobillarda piyodalarni urib ketish bilan bogʻliq. Avtomobillar toʻqnashuvi 1132 taga teng.
Velosipedchilarni urib yuborish holati 298 ta, mashinalarning agʻdarilishi 190 ta, toʻsiqqa urilish 156 ta va toʻxtab turgan transportga borib urilish 41tani tashkil qildi.
Avariyalarni sodir etgan haydovchilarning 126 nafari ayol, 3 433 nafari esa erkak.
Yangiliklar lentasi
0