https://oz.sputniknews-uz.com/20220721/lavrov-toshkentga-keladi-26399684.html
Lavrov Toshkentga keladi
Lavrov Toshkentga keladi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Toshkentdagi SHHTga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari yigʻilishida ishtirok etadi. 21.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-21T14:13+0500
2022-07-21T14:13+0500
2022-07-21T14:16+0500
siyosat
sergey lavrov
toshkent
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/05/25033175_0:0:3129:1761_1920x0_80_0_0_79f779318dbabce885470a9b58b2d29e.jpg
TOSHKENT, 21 iyul — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 28-29 iyul kunlari Toshkentda boʻlib oʻtadigan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (SHHT) aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari yigʻilishida ishtirok etadi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova brifing davomida maʼlum qildi.Zaxarovaning soʻzlariga koʻra, vazirlar SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlarining 15-16 sentyabr kunlari Samarqandda boʻlib oʻtadigan majlisini mazmunli toʻldirish masalalariga asosiy eʼtiborni qaratishadi.Taʼkidlanishicha, TIV rahbarlari yigʻilishida xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb mavzulari yuzasidan fikr almashiladi. Shuningdek, Lavrov bir qator ikki tomonlama uchrashuvlarni oʻtkazishni rejalashtirgan.Norov Rossiya tashqi vaziri bilan uchrashdiShanxay hamkorlik tashkiloti - mintaqaviy xalqaro tashkilot boʻlib, uning tarkibiga Rossiya, Xitoy, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston kiradi.2022 yilda tashkilotga raislik qilish Oʻzbekistonga oʻtgan. Sentyabr oyida mamlakatda SHHT davlat rahbarlarining navbatdagi sammiti boʻlib oʻtadi. Samarqand shahri muzokaralar platformasiga aylanadi. Ushbu muhim tadbirga tayyorgarlik ishlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda. Oʻzbekiston SHHT raisligida 80 dan ziyod tadbir oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Shulardan aksariyati oʻtkazib boʻlindi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/05/25033175_111:0:2842:2048_1920x0_80_0_0_63c0dde68f70833977698e5e9cd494a2.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
sergey lavrov, toshkent
Lavrov Toshkentga keladi
14:13 21.07.2022 (yangilandi: 14:16 21.07.2022) Rossiya tashqi ishlar vaziri Toshkentdagi SHHTga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari yigʻilishida ishtirok etadi.
TOSHKENT, 21 iyul — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 28-29 iyul kunlari Toshkentda boʻlib oʻtadigan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (SHHT) aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari yigʻilishida ishtirok etadi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova brifing davomida
maʼlum qildi. Zaxarovaning soʻzlariga koʻra, vazirlar SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlarining 15-16 sentyabr kunlari Samarqandda boʻlib oʻtadigan majlisini mazmunli toʻldirish masalalariga asosiy eʼtiborni qaratishadi.
Taʼkidlanishicha, TIV rahbarlari yigʻilishida xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb mavzulari yuzasidan fikr almashiladi. Shuningdek, Lavrov bir qator ikki tomonlama uchrashuvlarni oʻtkazishni rejalashtirgan.
Shanxay hamkorlik tashkiloti - mintaqaviy xalqaro tashkilot boʻlib, uning tarkibiga Rossiya, Xitoy, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston kiradi.
2022 yilda tashkilotga raislik qilish Oʻzbekistonga oʻtgan. Sentyabr oyida mamlakatda SHHT davlat rahbarlarining navbatdagi sammiti boʻlib oʻtadi. Samarqand shahri muzokaralar platformasiga aylanadi. Ushbu muhim tadbirga tayyorgarlik ishlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda. Oʻzbekiston SHHT raisligida 80 dan ziyod tadbir oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Shulardan aksariyati oʻtkazib boʻlindi.