https://oz.sputniknews-uz.com/20220721/ozbekiston-professional-boks-federatsiyasi-wbc-tashkilotiga-azo-boldi-26390961.html
Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi WBCga aʼzo boʻldi
Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi WBCga aʼzo boʻldi
WBC – dunyodagi eng nufuzli boks tashkiloti hisoblanadi. Ushbu tashkilotga 1963 yilda asos solingan boʻlib, shtab-kvartirasi Meksikada joylashgan.
2022-07-21T11:08+0500
2022-07-21T11:08+0500
2022-07-21T11:11+0500
sport
boks
oʻzbekiston
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/17/23518215_0:189:1920:1269_1920x0_80_0_0_00ab95b4a6d031606ba87394462012ff.jpg
TOSHKENT, 21 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi Butunjahon boks uyushmasiga (WBC) qabul qilindi.Bu haqida Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi xabar berdi.Qayd etilishicha, Osiyo WBC boks ittifoqi shtab kvartirasidan Oʻzbekiston professional boks federatsiyasiga kelgan maktubda federatsiya rasman Osiyo WBC boks ittifoqiga, bu esa oʻz navbatida avtomatik tarzda WBCga qabul qilinganligi aytilgan.Xabarda aytilishicha, endilikda WBA, WBO va IBF singari qolgan nufuzli boks tashkilotlari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi. Bu boradagi amaliy ishlar ham boshlangan.WBC tashkilotiga aʼzo boʻlish Oʻzbekiston professional boks federatsiyasiga quyidagi imkoniyatlarni beradi:Maʼlumot uchun, WBC – dunyodagi eng nufuzli boks tashkiloti hisoblanadi. Ushbu tashkilotga 1963 yilda asos solingan boʻlib, shtab-kvartirasi Meksikada joylashgan. Ayni paytda meksikalik Maurisio Suleyman WBC prezidenti lavozimida tashkilotni boshqarib kelmoqda. Turli yillarda Muhammad Ali, Jo Freyzer, Mayk Tayson, Lennoks Lyuis, Floyd Meyvezer, Vitaliy Klichko, Meni Pakyao va boshqa koʻplab dunyo boks afsonalari WBC yoʻnalishida jahon chempioni boʻlishgan.
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/17/23518215_106:0:1813:1280_1920x0_80_0_0_74156f25c651e798322e7e48ef16e181.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
boks, oʻzbekiston
Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi WBCga aʼzo boʻldi
11:08 21.07.2022 (yangilandi: 11:11 21.07.2022) Endi WBA, WBO va IBF singari qolgan nufuzli boks tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish ishlari ham boshlanadi.
TOSHKENT, 21 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi Butunjahon boks uyushmasiga (WBC) qabul qilindi.Bu haqida Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi xabar
berdi. Qayd etilishicha, Osiyo WBC boks ittifoqi shtab kvartirasidan Oʻzbekiston professional boks federatsiyasiga kelgan maktubda federatsiya rasman Osiyo WBC boks ittifoqiga, bu esa oʻz navbatida avtomatik tarzda WBCga qabul qilinganligi aytilgan.
"Biz ulkan mamnuniyat ila Oʻzbekiston professional boks federatsiyasining safimizga rasman qabul qilinganini eʼlon qilyapmiz. WBC va Oʻzbekiston oʻrtasida keng qamrovda hamkorlik oʻrnatiladi. Isteʼdodli, kelajagi porloq sifatida qaralayotgan professional bokschilarga WBC shafeʼligida oʻtkaziladigan mintaqaviy chempionatlar, boks oqshomlarida ishtirok etish uchun amaliy koʻmak beriladi. Shuningdek, Oʻzbekiston hududida ham WBC bayrogʻi ostidagi boks kechalari oʻtkaziladi", - deyiladi WBC-ABC prezidenti Kovit Bxakdibxumi imzolagan maktubda.
Xabarda aytilishicha, endilikda WBA, WBO va IBF singari qolgan nufuzli boks tashkilotlari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi. Bu boradagi amaliy ishlar ham boshlangan.
WBC tashkilotiga aʼzo boʻlish Oʻzbekiston professional boks federatsiyasiga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
Mamlakatda professional boks rivojlanishni yangi bosqichiga koʻtarish;.
WBC bilan hamkorlikda taniqli ekspertlar ishtirokida hakamlar, katmenlar, shifokorlar, supervayzerlar, murabbiylar va boshqa soha mutaxassislarining mahorat hamda tajribasini oshirish uchun trening va master-klasslar oʻtkazish.
Maʼlumot uchun, WBC – dunyodagi eng nufuzli boks tashkiloti hisoblanadi. Ushbu tashkilotga 1963 yilda asos solingan boʻlib, shtab-kvartirasi Meksikada joylashgan. Ayni paytda meksikalik Maurisio Suleyman WBC prezidenti lavozimida tashkilotni boshqarib kelmoqda.
Turli yillarda Muhammad Ali, Jo Freyzer, Mayk Tayson, Lennoks Lyuis, Floyd Meyvezer, Vitaliy Klichko, Meni Pakyao va boshqa koʻplab dunyo boks afsonalari WBC yoʻnalishida jahon chempioni boʻlishgan.