Bayden koronavirusga chalindi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishP/k po itogam vstrechi D. Baydena s prezidentom Finlyandii i premyerom Shvetsii
P/k po itogam vstrechi D. Baydena s  prezidentom Finlyandii i premyerom Shvetsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2022
Obuna bo‘lish
80 yoshga yaqinlashib qolgan Baydenda COVID-19 testi natijasi ijobiy chiqdi.
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. 21 iyul kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Jo Baydenning COVID-19’ga topshirgan testi natijasi ijobiy chiqdi, dedi Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer.
Matbuot kotibiga ko‘ra, Bayden to‘liq emlangan, ikki marta buster olgan, simptomlari yengil. U Paxlovid’ni qabul qilishni boshlagan. Tavsiyalarga muvofiq, Bayden hozir Oq uyda izoyatsiya qilingan.

“Izolyatsiya davrida ham u o‘ziga yuklangan vazifalarni to‘liq ado etadi. Rejalashtirilgan uchrashuvlarni Zoom orqali davom ettiradi. COVID-19’ga topshirilgan test salbiy chiqqandan so‘ng odatiy ish tartibiga qaytadi”, dedi Jan-Pyer.

Amerikalik siyosatchining shifokori Kevin O'Konnorning aniqlik kiritishicha, davlat rahbarida kechasi quruq yo‘tal kuzatilgan. Bundan tashqari, u charchoqning kuchayishi haqida ham shikoyat qilgan.
Karin Jan-Pyerning qo‘shimcha qilishicha, u 19-iyul kuni ham COVID-19’ga test topshirgan va salbiy test natijaga ega bo‘lgan.
Avvalroq, AQSh prezidenti atrof-muhitning ifloslanishi tufayli saraton kasalligiga chalinganini ma’lum qilgan edi.
Bu yil noyabr oyida 80 yoshga to‘ladigan Bayden AQSh tarixidagi eng keksa prezident bo‘lib, tanqidchilar uni tez-tez so‘zlash va fikrlash qobiliyatini yo‘qotib qo‘ygan paytlarini aytib, uni aqliy zaiflikda ayblashadi.
Yangiliklar lentasi
0