Belarusni himoya qilish uchun qurol bilan kurashaman – Lukashenko

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel peregovori s prezidentom Belorussii A. Lukashenko
Prezident RF V. Putin provel peregovori s prezidentom Belorussii A. Lukashenko - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2022
Obuna bo‘lish
Lukashenko: Ba’zi shaxslar yoki davlatlar Belarus suvereniteti va mustaqilligiga da’vo qilsa, men o‘zim to‘liq turib, unga qarshi kurashaman, kerak bo‘lsa, qo‘limda qurol bilan.
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko respublikani suverenitetdan mahrum qilishga urinishlarga qarshi, kerak bo‘lsa, qo‘lida qurol bilan kurashishini aytdi. RIA Novosti
“Mening asosiy vakolatlarim - davlat suvereniteti va mustaqilligini himoya qilish. Men buni qilaman. Agar muxolifat bunga qarshi kurashsa, ba’zi shaxslar yoki davlatlar Belarus suvereniteti va mustaqilligiga da’vo qilsa, men o‘zim to‘liq turib, unga qarshi kurashaman, kerak bo‘lsa, qo‘limda qurol bilan”, degan Lukashenko “France-Presse” agentligiga bergan intervyusida.
“Biz hozir, masalan, Polsha qanday siyosat olib borayotganini ko‘rib turibmiz. Siz mendan Polsha o‘z mulkida, o‘z tarkibida nimani ko‘rayotganiga xotirjamlik bilan qarashimni hohlagan edingiz. Agar ertaga Germaniya Fransiyani Germaniyaning bir qismi sifatida ko‘rishni istashini e’lon qilsa, siz qanday pozitsiyani egallagan bo‘lardingiz?Shunday ekan, men bunga qattiq munosabat bildiraman”, degan Lukashenko.
Yangiliklar lentasi
0