Dunyoda

Britaniya Putinning Tehronga safaridan keyin katta muammo kutmoqda

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev / Fotobankka oʻtishPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Uning fikricha, Rossiya, Turkiya va Eron rahbarlarining uchrashuvi Gʻarbga qarshi yangi ittifoqni boshlashi mumkin.
TOSHKENT, 22 iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Tehronga safari Gʻarbga muammo tugʻdiradi. Bu haqda Inqiroziy vaziyatlarni oʻrganish instituti direktori Mark Almond “Daily Mail” uchun maqolasida yozgan. RIA Novosti.
Uning fikricha, prezident yordamchisi Yuriy Ushakovning Rossiya va Eronning ikki tomonlama munosabatlarni yangi strategik sheriklik darajasiga olib chiqish rejalari haqidagi bayonoti Gʻarb yetakchilari uchun ogohlantirish boʻldi.
“Ushbu doʻstlikning mustahkamlanishi fonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarning yana bir jiddiy belgisi uchrashuvda Erdogʻanning ishtirok etishi boʻldi”, degan Almond.
Uning fikricha, Rossiya, Turkiya va Eron rahbarlarining uchrashuvi Gʻarbga qarshi yangi ittifoqni boshlashi mumkin.
“Ushbu sammit Sharqiy Yevropaning chekkasidan Janubiy Xitoy dengizigacha - markazda ona Rossiya joylashgan holda Gʻarbga qarshi, antidemokratik ittifoqni namoyish etadi. Qoʻrqinchli kelajak”, deb hisoblaydi muallif.
Almondning fikricha, paydo boʻlayotgan tahdid Gʻarb uchun sobiq Sovet Ittifoqiga qaraganda xavfliroq boʻlishi mumkin.
Shu hafta Putin Eron va Turkiya prezidentlari bilan birga Tehronda boʻlib oʻtgan Suriya boʻyicha uch tomonlama sammitda ishtirok etdi. Bundan tashqari, Rossiya rahbari Eron va Turkiya liderlari bilan muzokaralar oʻtkazdi, Eronning diniy yetakchisi Oyatulloh Ali Xomanaiy bilan uchrashdi.
Yangiliklar lentasi
0