Hindiston tarixida ikkinchi bor ayol kishi prezident etib saylandi

© REUTERS/Amit DaveHindiston tarixida ikkinchi bor ayol kishi prezident etib saylandi
Hindiston tarixida ikkinchi bor ayol kishi prezident etib saylandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2022
Obuna bo‘lish
Draupadi Murmu eng ko‘p ovoz bilan Hindiston Respublikasining o‘n beshinchi prezidenti etib saylandi.
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Hindistonda 18-iyul kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Milliy demokratik alyans a’zosi Draupadi Murmu prezident etib saylandi. Bu haqida Ria novosti xabar berdi.
“Ovozlarni sanab chiqish natijalariga ko‘ra, Draupadi Murmu saylovchilarning 64 foiz, Yashvant Sinxaning esa 36 foiz ovozini qo‘lga kiritdi. Murmu eng ko‘p ovoz bilan Hindiston Respublikasining o‘n beshinchi prezidenti etib saylandi”, deyiladi xabarda.
Ovoz berishda mamlakat parlamentining 776 deputatidan 748 nafari va Hindiston shtat qonun chiqaruvchi majlislarining 4033 nafar deputati ishtirok etdi. Ovozlar soni bu guruhlar o‘rtasida deyarli teng taqsimlangan.
Aytilishicha, Draupadi Murmu mamlakat tarixida prezident lavozimiga saylangan ikkinchi ayol bo‘ldi.

Prezident Draupadi Murmu

U 1958-yilda Odisha shtatidagi Santal qabilasida tug‘ilgan. Draupadi Murmu Hindistonning ikkinchi ayol prezidenti va mamlakat tarixida qabila xalqlaridan saylangan birinchi ayol davlat rahbari bo‘ldi.
Murmu siyosatga kirishdan oldin o‘z faoliyatini 1997-yilda Odisha shtatida o‘qituvchi sifatida boshlagan.
2000 yildan 2004-yilgacha Murmu Odishadagi koalitsion hukumatida avval savdo va transport departamentida, keyin esa baliqchilik va chorvachilik departamentida vazir bo‘lib ishlagan. 2015-yilda esa u Djarkxandning birinchi ayol gubernatori sifatida qasamod keltirgan.
Ma’lumot uchun, Hindiston prezidenti 5-yil muddatga saylanadi. Ovoz berish jarayonlarida mamlakat parlamentining ikkala palatasi a’zolari va barcha shtatlarning qonun chiqaruvchi assambleyalari a’zolaridan iborat saylovlar kollegiyasi a’zolari ishtirok etadi.
Saylovlar proporsional tizim asosida, yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazildi.
Hindiston prezidenti davlat boshlig‘i va mamlakat qurolli kuchlarining oliy qo‘mondoni hisoblanadi. Rasmiy ravishda Hindiston konstitutsiyasi prezidentning mamlakatni boshqarishda muhim rolini bajarishga imkon beradi, lekin aslida u asosan vakillik funksiyalarini bajaradi, mamlakatni hukumat boshlig‘i boshqaradi.
Yangiliklar lentasi
0