Jamiyat

Nogironligi boʻlgan ayollarni ishga olganlarga subsidiya beriladi

© CC0 / Unsplash / Steven HWGJenщina v invalidnom kresle
Jenщina v invalidnom kresle - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Nogironligi boʻlgan xotin-qizlar tadbirkorlikka oʻqitiladi. Ular mustaqil faoliyatni boshlagunga qadar hokim yordamchilari tomonidan tizimli ravishda amaliy yordam koʻrsatib boriladi.
TOSHKENT, 22 iyul — Sputnik. Nogironligi boʻlgan xotin-qizlarni ishga olganlarga subsidiya beriladi. Bu haqda prezident imzolagan PQ–329-sonli qarorda nazarda tutilgan.
Hujjatga koʻra, mehnatga layoqatli, nogironligi boʻlgan xotin-qizlarni ish bilan taʼminlagan ish beruvchilar uchun 6 oy davomida har oyda BHMning 2 baravari (600 ming soʻm)dan kam boʻlmagan miqdorda subsidiya ajratiladi.
Yoshlar va xotin-qizlar uchun kasb-hunar va tadbirkorlik boʻyicha oʻquv kurslari xarajatining 70 foizi, lekin 1 mln soʻmdan oshmagan qismi kompensatsiya qilib beriladi.
“Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan yoshlar va xotin-qizlar kasb-hunarga, tadbirkorlikka Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida toʻliq bepul oʻqitiladi.
Oʻquv kurslarini yakunlagan ishsiz xotin-qizlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan mavjud boʻsh ish oʻrinlariga joylashtiriladi.
Tadbirkorlik yoʻnalishi boʻyicha oʻquv kurslarini yakunlagan xotin-qizlarga tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtishidan boshlab, oʻz faoliyatini mustaqil olib borishiga qadar boʻlgan jarayonda hokim yordamchilari tomonidan tizimli ravishda amaliy yordam koʻrsatib boriladi.
Yangiliklar lentasi
0