O‘zbekistonda suv sifati tunu kun nazorat qilinadi - O‘zsuvta’minot

© pexels.com/Nithin PAKrupnim planom foto kapli vodi
Krupnim planom foto kapli vodi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2022
Obuna bo‘lish
Aholi orasida ichimlik suvi quvurlarida vabo kasalligi tarqalishi mumkinligi to‘g‘risidagi mish-mishlarga rasmiy bayonot berildi.
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda suv tarmoqlari yoki jo‘mraklar orqali biron-bir kasallik tarqalishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu haqida O‘zsuvta’minot Axborot xizmati rahbari Akmal Murodov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, shu kunlarda aholi orasida ichimlik suvi quvurlari va jo‘mraklar orqali vabo kasalligi tarqalishi mumkinligi to‘g‘risida mish-mishlar tarqalmoqda.
“Fuqarolardan bu kabi yolg‘on xabarlarga ishonmasliklarini va jo‘mraklardan suv ichmaslik to‘g‘risidagi chaqiriqlarga quloq solmasliklarini so‘rab qolamiz”, deydi Akmal Murodov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ichimlik suvi sifati 79 ta laboratoriya tomonidan kunu tun har tomonlama nazorat qilinadi.
Ular tomonidan har oyda turli tahlillar uchun o‘rtacha 17 200 ta namuna olinadi.
Ichimlik suvini aholiga yetkazib berishdan oldin suv suyuq xlor, natriy gipoxlorit, kalsiy gipoxlorit kabi xlorli reagentlar bilan zararsizlantiriladi.
Yangiliklar lentasi
0