Vladimir Norov Belarus tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi

© Foto: MID UzbekistanaVladimir Norov
Vladimir Norov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2022
Obuna bo‘lish
Vladimir Norov Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey bilan telefon orqali muloqot qildi.
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. 22-iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbatda asosiy e’tibor ikki mamlakatning xalqaro institutlar, birinchi navbatda Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi hamkorligiga qaratildi.
O‘zbekiston-Belarus hamkorligining dolzarb masalalari ham ko‘rib chiqildi. Tomonlarning siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlarni yanada rivojlantirishdan manfaatdorligi tasdiqlandi.
Ochiq va amaliy ishbilarmonlik muhitida o‘tgan subhat yakunda tomonlarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha doimiy muloqot olib borishga kelishib olindi.
Yangiliklar lentasi
0