https://sputniknews-uz.com/20220724/mizdakxon-maqbarasi-hududida-noyob-tarixiy-arxeologik-park-barpo-etiladi-26471174.html
Mizdakxon maqbarasi hududida noyob tarixiy-arxeologik park barpo etiladi
Mizdakxon maqbarasi hududida noyob tarixiy-arxeologik park barpo etiladi
U Savitskiy muzeyining tarkibiy boʻlinmasiga aylanadi. Mizdakxon qadimiy yodgorliklari majmuasini targʻib qilish, oʻrganish va saqlash uchun muzey masʼul boʻladi. 24.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-24T12:45+0500
2022-07-24T12:45+0500
2022-07-24T12:45+0500
jamiyat
qoraqalpogʻiston
turizm va madaniy meros vazirligi
mizdakxon maqbarasi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/18/26471018_0:6:1201:681_1920x0_80_0_0_f4b6d175da98dcd7ab1a98e9bca5ff2e.jpg
TOSHKENT, 24 iyul – Sputnik. Qoraqalpogʻistondagi Mizdakxon maqbarasi bazasida noyob tarixiy-arxeologik park barpo etiladi. Bu haqda Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyi direktori Tigran Mkrtichev “Oʻzbekiston madaniy merosi zamonaviy ilm-fan diqqat markazida” xalqaro ilmiy anjumanida maʼlum qildi.Uning soʻzlariga koʻra, Xoʻjayli shahri yaqinida joylashgan 200 gektarlik Mizdakxon maqbarasi hududida tarixiy-arxeologik park barpo etilishi rejalashtirilgan. Majmua Savitskiy muzeyining tarkibiy boʻlinmasiga aylanadi. Mizdakxon qadimiy yodgorliklari majmuasini targʻib qilish, oʻrganish va saqlash uchun muzey masʼul boʻladi.Mizdakxon nekropoli Govur qalʼa qoldiqlari yonida joylashgan qadimiy qabristondir. Bu qalʼa oʻz nomini arablar istilosi davrida olgan va tarjimada “kofirlar qalʼasi” degan maʼnoni bildiradi, chunki olimlar arablar istilosidan oldin qalʼa aholisi zardushtiylar boʻlganini aniqlagan.Butun yodgorliklar majmuasi Xoʻjaylidan 3-4 km janubda joylashgan uchta tepalikda joylashgan. Bu yerda aholi punktining paydo boʻlishi miloddan avvalgi IV asrga toʻgʻri keladi. Qalʼa oʻn metrli devorlari qudrati bilan hayratda qoldiradi. Bu devorlar qoldigʻi qadimiy shahardagi ikkita inshoot xarobalarini hamon himoya qilib kelmoqda. Arxeologlar fikriga koʻra, xarobalardan biri saroy binosi boʻlsa, ikkinchisi olov ibodatxonasi vazifasini bajargan.Yana bir tepalik esa dastlab zardushtiylar dafn marosimi oʻtkazadigan joy boʻlib, u yerda qalʼa aholisi zardushtiylik udumiga koʻra oʻliklarni qoldirishgan. Buni arxeologlar tomonidan topilgan ossuariylar va daxmaga oʻxshash narsa — zardushtiylar oʻliklarni qoldirgan tekis tomli minora tasdiqlaydi. Qushlar murda suyaklarini kemirib boʻlgach, qarindoshlari ularni yigʻib, ostadonga solishgan.VIII asrda qalʼa arablar tomonidan bosib olingandan soʻng Oʻrta Osiyoning barcha kengliklarida zardushtiylik dini yoʻq qilindi va marhumlar musulmon urf-odatlari boʻyicha dafn qilina boshlandi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/18/26471018_142:0:1057:686_1920x0_80_0_0_09188cf41f72d52186305c07bea26b0a.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
qoraqalpogʻiston, turizm va madaniy meros vazirligi, mizdakxon maqbarasi
qoraqalpogʻiston, turizm va madaniy meros vazirligi, mizdakxon maqbarasi
Mizdakxon maqbarasi hududida noyob tarixiy-arxeologik park barpo etiladi
U Savitskiy muzeyining tarkibiy boʻlinmasiga aylanadi. Mizdakxon qadimiy yodgorliklari majmuasini targʻib qilish, oʻrganish va saqlash uchun muzey masʼul boʻladi.
TOSHKENT, 24 iyul – Sputnik. Qoraqalpogʻistondagi Mizdakxon maqbarasi bazasida noyob tarixiy-arxeologik park barpo etiladi. Bu haqda Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyi direktori Tigran Mkrtichev “Oʻzbekiston madaniy merosi zamonaviy ilm-fan diqqat markazida” xalqaro ilmiy anjumanida
maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, Xoʻjayli shahri yaqinida joylashgan 200 gektarlik Mizdakxon maqbarasi hududida tarixiy-arxeologik park barpo etilishi rejalashtirilgan. Majmua Savitskiy muzeyining tarkibiy boʻlinmasiga aylanadi. Mizdakxon qadimiy yodgorliklari majmuasini targʻib qilish, oʻrganish va saqlash uchun muzey masʼul boʻladi.
Mizdakxon nekropoli Govur qalʼa qoldiqlari yonida joylashgan qadimiy qabristondir. Bu qalʼa oʻz nomini arablar istilosi davrida olgan va tarjimada “kofirlar qalʼasi” degan maʼnoni bildiradi, chunki olimlar arablar istilosidan oldin qalʼa aholisi zardushtiylar boʻlganini aniqlagan.
Butun yodgorliklar majmuasi Xoʻjaylidan 3-4 km janubda joylashgan uchta tepalikda joylashgan. Bu yerda aholi punktining paydo boʻlishi miloddan avvalgi IV asrga toʻgʻri keladi. Qalʼa oʻn metrli devorlari qudrati bilan hayratda qoldiradi. Bu devorlar qoldigʻi qadimiy shahardagi ikkita inshoot xarobalarini hamon himoya qilib kelmoqda. Arxeologlar fikriga koʻra, xarobalardan biri saroy binosi boʻlsa, ikkinchisi olov ibodatxonasi vazifasini bajargan.
Yana bir tepalik esa dastlab zardushtiylar dafn marosimi oʻtkazadigan joy boʻlib, u yerda qalʼa aholisi zardushtiylik udumiga koʻra oʻliklarni qoldirishgan. Buni arxeologlar tomonidan topilgan ossuariylar va daxmaga oʻxshash narsa — zardushtiylar oʻliklarni qoldirgan tekis tomli minora tasdiqlaydi. Qushlar murda suyaklarini kemirib boʻlgach, qarindoshlari ularni yigʻib, ostadonga solishgan.
VIII asrda qalʼa arablar tomonidan bosib olingandan soʻng Oʻrta Osiyoning barcha kengliklarida zardushtiylik dini yoʻq qilindi va marhumlar musulmon urf-odatlari boʻyicha dafn qilina boshlandi.