Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Achchiq choy yurak uchun xavfli - mutaxassis

Zelenыy chay - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Parhezshunos: achchiq choy isteʼmol qilish yurak kasalliklari va uyqusizlikka sabab boʻlishi mumkin
Shifokor-parhezshunos Yevgeniy Arzamastsev choyning zararli taʼsiri haqida soʻzlab berdi. Uning aytishicha, koʻp achchiq choy isteʼmol qilish oshqozon-ichak trakti, uyqusizlik hamda yurak-qon tomir kasalliklariga sabab boʻladi.

“Choyda antioksidant kabi taʼsir koʻrsatadigan tanin moddasi bor. Biroq, uni juda koʻp isteʼmol qilish, oshqozon bilan muammolarga sabab boʻlishi mumkin. Shuningdek, choy tarkibidagi kofein sababli uyqusizlikka uchrash ehtimoli bor. Uyqu borasida muammolari bor insonlar kechki paytda choy isteʼmol qilmaganlari maʼqul”, - deydi Arzamastsev

Shuningdek, achchiq choy yurak urushini tezlashtiradi.

“Achchiq choy faqat yurak kasalligi emas, balki gipertonik kasalliklarga chalinishga ham olib keladi”, - deb ogohlantiradi shifokor.

Yangiliklar lentasi
0