Sport

Ogʻir atletika: oʻzbekistonlik sportchilar tengsiz ekanliklarini namoyish etishmoqda

© Sportni rivojlantirish vazirligiOgʻir atletika: Oʻzbekistonlik sportchilarning medallari koʻpaymoqda
Ogʻir atletika: Oʻzbekistonlik sportchilarning medallari koʻpaymoqda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Osiyo chempionatida Nigora Suvonova, Nurbol Abdurashidov va Xushnoza Xoliqova 3 tadan medalni qoʻlga kiritishdi.
TOSHKENT, 25 iyul — Sputnik. Toshkentda boʻlib oʻtayotgan ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida oʻzbekistonlik sportchilar 3 tadan medal qoʻlga kiritishdi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Nigora Suvonova, Nurbol Abdurashidov va Xushnoza Xoliqova qitʼa birinchiligida 3 tadan medalga sazovor boʻlgan.
“Oʻzbekistonning 5 nafar atleti shohsupaga chiqdi. Nigora Suvonova -81 kg vazn toifasida ham oʻsmirlar, ham yoshlar toifasida barcha yoʻnalishlar bilan hisoblaganda jami 6 ta oltin medalga sazovor boʻldi”, deyiladi xabarda.
Oʻsmirlar:
-81 kg vazn toifasida Nigora Suvonova barcha yoʻnalishlarda 3ta oltin medal bilan 1-oʻrinni egalladi – 212 (95+117) kg.
+102 kg vazn toifasida Nurbol Abdurashidov 3ta kumush medalni qoʻlga kiritdi – 316 kg (145+171) kg.
+81 kg vazn toifasida Xushnoza Xoliqova barcha yoʻnalishlarda sovrindor boʻldi, 3ta bronza – 185 (95+104) kg.
Yoshlar:
Nigora Suvonova bu gal ham barcha yoʻnalishlarda, yaʼni dast koʻtarish mashqida, siltab koʻtarish mashqida hamda ikkikurash natijasiga koʻra 1-oʻrinni egalladi – 212 (95+117) kg.
Bugungi dasturlarda avvalroq yoshlar oʻrtasida -102 kg vazn toifasida Sharofiddin Amriddinov 3ta oltin, Qudratbek Salimjonov 2 ta bronza medalni qoʻlga kiritgan edi.
Bundan tashqari, oʻsmirlar oʻrtasida Qudratbek Salimjonov 3ta kumush medalni oʻz nomiga yozdirib qoʻydi.
Yangiliklar lentasi
0