Siyosat

Oʻzbekiston zamon muammolarini hal qilishda muhim rol oʻynaydi - Turkmaniston prezidenti

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Serdar Berdыmuxamedov
Shavkat Mirziyoyev i Serdar Berdыmuxamedov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Serdar Berdimuhamedov ikki tomonlama munosabatlarda oʻrnatilgan hurmat va oʻzaro yordam tamoyillarini qayd etdi.
TOSHKENT, 25 iyul- Sputnik. Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov yakshanba kuni Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevni 65 yoshi bilan tabrikladi va ikki tomonlama munosabatlarda shakllangan hurmat va oʻzaro yordam tamoyillarini qayd etdi. Bu haqida Turkmaniston davlat axborot agentligi TDH xabar berdi.
“Buning yorqin tasdigʻi bizning yaqinda boʻlib oʻtgan uchrashuv va muzokaralarimiz, shuningdek, ajoyib mamlakatingizga qilgan birinchi davlat tashrifim chogʻida imzonlangan yirik hujjatlar toʻplamidir. Shiddat bilan olgʻa intilayotgan Oʻzbekiston zamon muammolarini hal etishda muhim rol oʻynaydi va koʻplab mamlakatlar bilan ochiq va konstruktiv aloqalarini davom ettirib kelmoqda”, - deyiladi Berdimuhamedov tabrigida.
Kecha Shavkat Mirziyoyevni tavallud ayyomi bilan Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov ham telefon orqali tabriklagan edi. Suhbat chogʻida siyosatchilar Oʻzbekiston-Turkmaniston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qilishdi.
Yangiliklar lentasi
0