Jamiyat

Tez tibbiy yordam markaziga yangi direktor tayinlandi

© Sogʻliqni saqlash vazirligiTez tibbiy yordam markaziga yangi direktor tayinlandi
Tez tibbiy yordam markaziga yangi direktor tayinlandi  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Abduvoitjon Gʻafurov Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori vazifasini bajaruvchisi boʻldi.
TOSHKENT, 25 iyul — Sputnik. Sogʻliqni saqlash vazirining tegishli buyrugʻi bilan Abduvoitjon Gʻafurov Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Abduvoitjon Gʻafurov 41 yoshda. U iqtisodchi va dasturchi-muhandis mutaxassisligiga ega. Oʻz faoliyati davomida qator xususiy sektor korxonalarida texnik, ijrochi va bosh direktor kabi rahbarlik lavozimlarida ish olib borgan.
Maʼlumot uchun, hozirda tez tibbiy yordam xizmati hamda tibbiy avtoxoʻjaliklar negizida Respublika tez tibbiy yordam markazi va uning 14 ta hududiy filiali oʻz faoliyatini olib bormoqda.
Eslatib oʻtamiz, 16 iyun kuni prezident tomonidan imzolangan qarorga koʻra, 14 ta hududdagi dispetcherlik xizmatlari tugatildi.
Endilikda, 1 dekabrga qadar Andijon, Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari, 2023 yil 1 sentyabrga qadar esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlari tuman (shahar)larida “Call-markaz”lar oʻz faoliyatini boshlaydi.
Yangiliklar lentasi
0