Kolumnistlar

Eron Shahed dron-kamikadzelari AQSH HIMARS'lari bilan Ukrainada uchrashishi mumkin

© AP Photo / Ebrahim NorooziIranskiy bespilotnik Shahed-129 demonstriruyetsya na mitinge v Tegerane, Iran.
Iranskiy bespilotnik Shahed-129 demonstriruyetsya na mitinge v Tegerane, Iran. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ukrainadagi harbiy harakatlar teatrida Amerika qurollarining Eronda ishlab chiqarilgan zarba beruvchi uchuvchisiz apparatlardan foydalanish texnologik jihatdan mumkin, taktik tomondan maqsadga muvofiq va geosiyosiy tomondan yaxshi boʻladi.
Eronda ishlab chiqarilgan zarba beruvchi uchuvchisiz apparatlarning Rossiyaga yetkazilishi haqida xorijda chop etilgan xabarlar ehtimoliy stsenariyni batafsil maʼlum qiladi.
Eron dronlarining Rossiyaga yetkazilgani haqida bir qancha OAVlar xabar berishdi. Xabarlarda hatto uchuvchisiz apparatning “Shahed-129” modifikatsiyasi ekanligi, Astraxan-Volgograd boʻylab yetkazilgani haqida yozilgan.
Dronlar yetkazilishining ikkinchi versiyasi - havo koʻprigi orqali amalga oshirilgan: Qeshm Fars Air (goʻyoki Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusiga aloqador) Eron aviakompaniyasining Boeing 747-300 yuk tashuvchi borti 24 iyul kuni Moskvaga navbatdagi reysni amalga oshirgan.
Avvalroq AQSH prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Rossiya vakillarining iyun oyida Erondagi Kashan aerodromiga ikki marotaba tashrif buyurgani hamda Shahed-191 va Shahed-129 pilotsiz uchar apparatlarining yuqori aniqlikdagi raketalar bilan sinab koʻrgani va bu Rossiyaning ularni olishga qiziqish bildirgani haqida xabar berdi. AQSH razvedkasining xabar berishicha, Eron Rossiyaga “yuzlab” dronlar yetkazib berishi mumkin.
Olovsiz tutun boʻlmaydi deganlaridek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 19 iyulda Tehronga qilgan tashrifi chogʻida Eron hukumati bilan dronlar yetkazish boʻyicha hech qanday muzokaralar olib bormagan (davlat rahbari yordamchisi Yuriy Ushakovning rasmiy xabarlariga koʻra).
Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Nasser Kanaani jurnalistlarning dron haqidagi savollariga Eron va Rossiya oʻrtasidagi hamkorlik maxsus operatsiyadan oldin boshlangan va undan keyin hech qanday aniq vaziyatlar boʻlmagan deya javob bergan.
Eron quruqlikdagi qoʻshinlari qoʻmondoni, general Kiomars Haydariy 22 iyul kuni Tehronning doʻst mamlakatlarga pilotsiz uchar apparatlarni yetkazib berishga tayyor ekanligini bildirgan.
Shunday qilib Moskva va Tehron yetkazib berishlar haqidagi maʼlumotlarni tasdiqlagani ham, rad etgani ham yoʻq. Yuzaga kelgan vaziyatda Eron va Rossiya oʻzlarini oqlashga majbur emas.
Eron “Shahidlar”ining xususiyatlari
Gʻarb mamlakatlarining qarama-qarshiligi va qirk yillik sanktsiyalariga qaramay, Eron qudratli mudofaa sanoati, yuqori texnologiyali aviaqurilishni yarata olgan va uchuvchisiz aviatsiya borasida katta muvaffaqiyatlarga erishgan.
Eronning razvedkachi-zarba beruvchi uchuvchisiz apparatlari va sakkizta asosiy “oilalar”ning dron-kamikadzelari Suriya va Iroqda minglab harbiy parvozlarni amalga oshirishgan. Butun “eskadrilya”larning ommaviy zarbalar texnologiyasi va taktikasi ishlab chiqarilgan. Eron dronlarining sakkizta yirik “oilasi” Afrika va Janubiy Amerika bozorlarini ishonch bilan zabt etmoqda. Ayrim davlatlar tayyor uskunalar va uni ishlab chiqarish uchun litsenziya sotib oldi: Tojikiston Ababil-4, Venesuela Mohajer-6 dronlarini yigʻmoqda.
Military Watch Magazine nashri taʼkidlamoqda: “Eron koʻrinmas-dronlari yaqinda Ukraina uchun juda yomon yangilik boʻlishi mumkin”. Gʻarbda Rossiya Isroilning Hermes 450 va Amerikaning MQ-1 Predator texnologiyalariga asoslangan Shahed-129 ogʻir zarba beruvchi droniga stavka tikkan.
Shahed-129 Eron “bestselleri” yigirma yildan buyon seriyali ishlab chiqarilmoqda. 2019 yilda esa unga asoslangan dengiz floti uchun versiya yaratilgan – Simorgh uchuvchisiz apparati yuqori aniqlikda va uzoq masofalarga aqlli bombalar bilan bir paytning oʻzida toʻrtta nishonga zarba bera oladi.
Hujumchi “Shahid”ning fyuzelyaj uzunligi - qariyb 8 m, qanot qoqishi- 16 m. Harbiy yuklama- 400 kg gacha. Maksimal tezlik- 150 km/soat, davomiylik- 24 soatgacha. Jangovar radius- 1700 km. Qurollanish- Sadid-1 toʻrtta boshqariladigan tankka qarshi raketalar (Spike-ER isroilda ishlab chiqarilgan muqobili) yoki yuqori aniqlikdagi Sadid-345 rejalashtiriladigan bombalar. Statsionar va harakatlanayotgan nishonlarga tegish uchun qattiq nuqtalarga sakkiztagacha tez otish moslamalarini oʻrnatish mumkin.
Shahed-129 ogʻir dronlarining taktik-texnik xarakteristikalari Ukrainadagi mahsus operatsiyada keng koʻlamli razvedka- hujum topshiriqlarini samarali bajarishlari mumkin. U yerda avval Rossiyaning “Inoxodets” (“Orion”ning oʻzi, jangovar radius 300 km, tezligi 200 km/soat, jangovar yuklama 300 kg) va Turkiyaning Bayraktar-TB2 (radius- 150 km, kreyser tezligi 130 km/soat, jangovar yuklama- 150 kg) dronlari faol ish olib borishgan.
Rossiyaning hujumchi “Inoxodets”i (“Orion”) dunyoning eng zoʻr dronlari bilan bellashishga qodir, arsenalida “havo- maydon”, “havo-havo” raketalariga ega. Biroq, “Kronshtadt” guruhining korxonasi bunday mashinalarni yiliga oʻnta ishlab chiqaradi. Agar bugunning oʻzida Ukrainadagi harbiy operatsiya uchun yuztalab dronlar kerak boʻlib qolsachi? Bunday paytda - urush vaziyatida uchuvchisiz apparatning kuni bir necha hafta xolos.
Gʻarb mamlakatlari Ukraina Qurolli Kuchlariga qurollarning oʻnlab turlarini yetkazmoqda- uchuvchisiz apparatlar kompensatsiyasini toʻlamoqda. Rossiya Ukrainadagi harbiy operatsiyalar teatrida oʻziniki bilan birga doʻst mamlakatlarning samarali tizimlari va komplekslaridan foydalanishi mumkin.
Eronda ishlab chiqarilgan hujumchi uchuvchisiz apparatlaridan ommaviy foydalanish Rossiya qoʻshinlari hamda Donbass xalq militsiyalarining hujumchilik salohiyatini oshirishi aniq.
Texnologik mumkin, taktik jihatdan maqsadga muvofiq, geosiyosiy jihatdan bu AQSH va NATOning yuziga koʻp qutbli dunyoning tarsakisi boʻlishi mumkin. 24/7 rejimida Ukraina osmonlarini patrul qilib turgan Shahed-129 dronlari “ushlab boʻlmas” HIMARS RSZO larini yoʻq qilish va Rossiyaning maxsus harbiy operatsiyadan koʻzlagan maqsadlariga yetishini tezlashtiradi.
Yangiliklar lentasi
0