FP: energetika inqirozi va sanksiyalar tufayli AQShni noxush qish kutib turibdi

© AFP 2023 / Andrew Caballero-ReynoldsNatsionalnie flagi SShA i flagi okruga Kolumbiya vozle Kapitoliya SShA v Vashingtone
Natsionalnie flagi SShA i flagi okruga Kolumbiya vozle Kapitoliya SShA v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2022
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Rossiya neftiga qarshi Yevropaning bir qator cheklovchi choralari kuchga kiradigan kelayotgan qishda vaziyat yanada yomonlashishi mumkin.
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Joriy qishda dunyo G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalari sababli og‘ir energetika inqirozinin ganada keskinlashishini kutmoqda. Bu haqda Amerikaning “Foreign Policy” nashri yozmoqda.
“Biz (dunyo) birinchi global energetika inqirozini boshdan kechirmoqdamiz. Inqirozning oqibatlari butun dunyoda namoyon bo‘lmoqda va menimcha, eng yomoni oldinda”, - deydi Kolumbiya universiteti iqlim bo‘limi dekani, energetika bo‘yicha ekspert Jeyson Bordoff.
Ta’kidlanishicha, koronavirus pandemiyasi, ta’minot zanjirlaridagi muammolar va iqlim muammolari natijasida bozorlar Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi boshlanishidan oldin ham keskin holatda edi.
Vaziyat Rossiyadan gaz eksportining qisqarishi bilan yanada og‘irlashdi, bu esa Yevropani boshqa yetkazib berish manbalariga murojaat qilishga majbur qildi va jahon bozorida narxlarni yanada oshirdi. Endi haddan tashqari issiqlik tufayli vaziyat yomonlashmoqda.
“Shu bilan birga, Rossiya neftiga qarshi Yevropaning bir qator cheklovchi choralari kuchga kiradigan kelayotgan qishda vaziyat yanada yomonlashishi mumkin”, - deya xulosa qilinadi maqolada.
Avvalroq Amerikaning “The National Interest” nashri G‘arb cheklovlari Rossiyaning o‘zidan ko‘ra butun dunyoga ko‘proq muammo keltirayotganini ta’kidlagan edi.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasi sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan zo‘ravonlik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish deb atagan.
Rossiya harbiylarining maxsus operatsiyasi boshlanganidan so‘ng G‘arb Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi: Rossiyaning yuzlab milliard dollarlik aktivlari muzlatib qo‘yildi, banklar SWIFT tizimidan uzildi, ko‘plab brendlar mamlakatni tark etdi. Yevropa Ittifoqi allaqachon yettita sanksiya paketini, jumladan, ko‘mir va neftga embargoni qabul qilgan. Bularning barchasi allaqachon G‘arbning o‘zi uchun muammoga aylanib, inflyatsiya hamda oziq-ovqat va benzin narxining keskin oshishiga olib keldi.

Mavzuga oid:

Rossiya bilan “iqtisodiy urush” Germaniyani vayron qilmoqda – Bundestag deputati
Kanadalik fermerlar Rossiyaga qarshi sanksiyalardan jabr ko‘rishapti
Rossiyaga qarshi sanksiyalar G‘arbni halokatga yetaklamoqda
Sanksiyalar azobini AQSh va alyans davlatlari chekmoqda - NYT
Yangiliklar lentasi
0