Iqtisod

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston avtomobilsozlik sohasidagi qoʻshma loyihalarni koʻpaytirmoqchi

© FOTO / ASKAR YACUBOV Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors
Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev Qirgʻiziston Vazirlar mahkamasi raisi oʻrinbosari Bakit Torobayev bilan onlay muzokaralar oʻtkazdi.
TOSHKENT, 26 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston va Qirgʻiziston avtomobilsozlik sohasidagi qoʻshma loyihalar sonini koʻpaytirishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayevning Qirgʻiziston Vazirlar mahkamasi raisi oʻrinbosari Bakit Torobayev bilan muzokaralari chogʻida maʼlum qilindi.
Onlayn boʻlib oʻtgan muzokaralar davomida tomonlar oʻzaro hamkorlik dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashishdi. Energetika, yengil sanoat, farmatsevtika, avtomobilsozlik, qurilish materiallari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish sohalarida qoʻshma loyihalar sonini koʻpaytirishga tayyor ekanliklarini maʼlum qilishdi.
Shuningdek, qishloq xoʻjaligi texnikasi, yengil avtomobillar va bazalt tolasi ishlab chiqarishdagi qoʻshma loyihalar sonini koʻpaytirish rejalari maʼlum qilindi.
2021 yil yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 953,5 million dollardan, 2022 yil birinchi yarmida esa 590 million dollardan oshdi (oʻsish oʻtgan yil shu davriga nisbatan 39 foizni tashkil qildi).
Yangiliklar lentasi
0