Eron Rossiya samolyotlariga texnik xizmat ko‘rsatadi

© Sputnik / Vitaliy AnkovAirbus A330-300 aviakompanii iFly Airlines
Airbus A330-300 aviakompanii iFly Airlines - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2022
Obuna bo‘lish
Bitimga ko‘ra Eron Rossiyaga uskunalar ham yetkazib beradi.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Eronda Rossiyaga uskunalar yetkazib berish va Rossiya avialaynerlariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvni tasdiqlashga qaror qilindi. Bu haqda Islom respublikasi Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi vakili Mirakbar Razaviy ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv Rossiyaga Eronda ishlab chiqarilgan qismlar va jihozlarni yetkazib berish, shuningdek, Rossiya samolyotlarini Islom respublikasining servis markazlarida ta’mirlash, texnik xizmat ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini ko‘zda tutadi.
Shuningdek, Rossiya transport vaziri o‘rinbosari va Eron Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi rahbari o‘zaro anglashuv memorandumini imzolagan. Unga ko‘ra, Rossiya va Eron o‘rtasidagi yo‘lovchi aviareyslari soni haftasiga 35 taga yetkaziladi.
Putin Eron rahbari bilan milliy valyutalardan foydalanishni kelishib oldi
Yangiliklar lentasi
0