Jamiyat

FVV xodimi Namanganda choʻkayotgan bolani qutqarib qoldi

© FVVFVV xodimi Namanganda choʻkayotgan bolani qutqarib qoldi
FVV xodimi Namanganda choʻkayotgan bolani qutqarib qoldi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Xodimlar suvda oqib ketayotgan 8 yoshli bolakayni vaqtida koʻrib qolishdi.
TOSHKENT, 27 iyul — Sputnik. FVV xodimi Namanganda suvda oqib ketayotgan bolakayni qutqarib qoldi.
Hodisa viloyatning Pop tumanida tuman FV boʻlimi xodimlari profilaktik tadbirlarni amalga oshirish vaqtida sodir boʻlgan.
Aytilishicha, xodimlar "Chigʻanoq" mahallasi hududidan oqib oʻtuvchi "Sirdaryo" daryosida 8 yoshli bola suvda oqib ketayotganligini koʻrib qolishgan.
Darxol qutqaruvchi Olimjon Tulanboyev suvga shoʻngʻib bolakayni qutqarib, olib chiqqan.
“Hozirda bolakayning xolati barqaror va hech qanday jiddiy shikastlanmagan”, deyiladi xabarda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini choʻmilish qoidalariga qatʼiy rioya etish va kanal va tezoqar daryo oʻzanlari hamda taʼqiqlangan suv xavzalarida choʻmilmaslikka chaqirdi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq FVV qutqaruvchilar Sirdaryoda choʻkayotgan bolani qutqarib qolishgandi. Unda Yangiyer shahar "Janubiy Mirzachoʻl" kanaliga 13 yoshli bola oʻz ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketgan.
Yangiliklar lentasi
0