O‘zbekistonda eng ko‘p oylikni qaysi soha egalari olishi ochiqlandi

© Sputnik / Zafar XalilovSum
Sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2022
Obuna bo‘lish
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ish haqi o‘tgan yilning yil mos davriga nisbatan qariyb 20 foizga oshgan.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. 2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik nominal ish haqi 3 mln 540,5 ming so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Statqo‘mga ko‘ra, oylik nominal ish haqining 2021-yil mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 19,3 % ni tashkil qilgan (o‘tgan yilning yanvar-iyun oylarida 2 mln 968,5 ming so‘m bo‘lgan.
2022 yilning yanvar-iyun oylari uchun o‘rtacha oylik ish haqi ko‘rsatkichini shakllantirishda qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik subektlari hisobga olinmagan, chunki fermer xo‘jaliklari hamda kichik tadbirkorlik subektlari yilda bir marta hisobot taqdim etishi belgilangan.
Joriy yilning dastlabki olti oyida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng baland ko‘rsatkichi – bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati (9 mln 149,6 ming so‘m) sohasiga to‘g‘ri kelib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish darajasi 124,8 % ni tashkil etgan.
Shuningdek,
axborot va aloqa sohasida o‘rtacha oylik ish haqi — 6 mln 693 ming so‘m;
tashish va saqlash sohasida – 4 mln 653,4 ming so‘m;
sanoat sohasida – 4 mln 548,9 ming so‘m;
qurilish sohasida – 4 mln 226,3 ming so‘m;
savdo sohasida – 3 mln 608 ming so‘m;
ta’lim sohasida – 2 mln 583,8 ming so‘mni tashkil qilgan.
Eng past o‘rtacha ish haqi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida qayd etilgan – 2 mln 377,2 ming so‘m.
Axborot va aloqa sohasining asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi komputer dasturlashtirish, maslahat berish va boshqa yordamchi xizmatlar (11 mln 231,0 ming so‘m)da, eng past ko‘rsatkich esa noshirlik faoliyati (6 mln 112,8 ming so‘m)da kuzatilgan.
Bank, sug‘urta, lizing va kredit vositachilik faoliyatida eng yuqori o‘rtacha ish haqi – Toshkent shahrida (11 mln 7763 ming so‘m), eng pasti Samarqand viloyatida (5 mln 882 ming so‘m) kuzatilgan.
Ta’lim sohasida eng yuqori o‘rtacha oylik ish haqi Toshkent shahrida (3 mln 924,2 ming so‘m), eng pasti Qashqadaryo viloyatida (2 mln 243,2 ming so‘m) qayd etilgan.
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida ham eng yuqori o‘rtacha oylik ish haqi Toshkent shahrida (2 mln 767,2 ming so‘m), eng pasti – Qashqadaryo viloyatida (2 mln 046,4 ming so‘m).
Yangiliklar lentasi
0