https://sputniknews-uz.com/20220727/yagona-maktab-formasi-26563356.html
Yagona maktab formasi hozircha majburiy boʻlmaydi - Saidov
Yagona maktab formasi hozircha majburiy boʻlmaydi - Saidov
Yagona maktab formasi 2025 yilga qadar bosqichma-bosqich joriy etib boriladi. 27.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-27T11:44+0500
2022-07-27T11:44+0500
2022-07-27T12:07+0500
jamiyat
taʼlim
maktab
baxtiyor saidov
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/1b/26564431_0:133:1280:853_1920x0_80_0_0_2412f7c90e2d0aafdb3586ccb3389d8a.jpg
TOSHKENT, 27 iyul — Sputnik. Yangi oʻquv yilidan boshlab ota-onalar yagona maktab formasini xarid qilishlariga majburiy talab qoʻyilmaydi. Bu haqida AOKAda Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov ishtirokida boʻlib oʻtgan brifingda maʼlum qilindi. Baxtiyor Saidov qayd etishicha, moslashuv jarayoni uchun maʼlum vaqt kerakligini inobatga olib, yagona maktab formasi 2025 yilga qadar bosqichma-bosqich joriy etib boriladi.Aytilishicha, soʻnggi kunlarda keng jamoatchilik tomonidan maktab oʻquvchilari uchun yagona maktab formasini joriy etilishi muhokama boʻlmoqda va turli fikr-mulohazalar bildirilmoqda.Shu bois ota-onalarning va keng jamoatchilikning fikr-mulohazalari, takliflari asosida yagona maktab formasi talabi yangi oʻquv yilidan tatbiq etilmaydi.Shuningdek, milliy qadriyatlardan kelib chiqib, oʻquvchi-qizlarning maktabga ochiq rangdagi milliy roʻmolni boshning orqa tomonidan oʻragan holda kelishlari maʼn etilmaydi.Oʻquvchi-qizlarning liboslari, yaʼni yubka va kofta yenglarining uzunligi borasida ham ayrim tushunmovchiliklar boʻlmoqda. Shunga koʻra, oʻquvchi-qizlarning yubka va kofta yenglarining uzunligini uzaytirishga ruxsat beriladi, ammo belgilangan oʻlchamdan kalta boʻlishi mumkin emas.Qolaversa, mahalliy hokimliklar tomonidan kam taʼminlangan oilalarga mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan maktab formasini sotib olinishiga koʻmak beriladi.Maktab formasi savdosi avgust oyidan boshlab har bir tuman va shahar markazlaridagi aholiga qulay joylar hamda maktab yarmarkalarida tashkil etiladi.Eslatib oʻtamiz, avvalroq toʻqimachilik korxonalari tomonidan 1,5 mln komplektdan ortiq maktab formalari tayyorlanib, sotuvga chiqarilgani maʼlum qilingandi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/1b/26564431_93:0:1230:853_1920x0_80_0_0_aa942c05edec71539d525315f715a307.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
taʼlim, maktab, baxtiyor saidov
Yagona maktab formasi hozircha majburiy boʻlmaydi - Saidov
11:44 27.07.2022 (yangilandi: 12:07 27.07.2022) Yagona maktab formasi 2025 yilga qadar bosqichma-bosqich joriy etib boriladi.
TOSHKENT, 27 iyul — Sputnik. Yangi oʻquv yilidan boshlab ota-onalar yagona maktab formasini xarid qilishlariga majburiy talab qoʻyilmaydi. Bu haqida AOKAda Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov ishtirokida boʻlib oʻtgan brifingda maʼlum qilindi.
Baxtiyor Saidov qayd etishicha, moslashuv jarayoni uchun maʼlum vaqt kerakligini inobatga olib, yagona maktab formasi 2025 yilga qadar bosqichma-bosqich joriy etib boriladi.
Aytilishicha, soʻnggi kunlarda keng jamoatchilik tomonidan maktab oʻquvchilari uchun yagona maktab formasini joriy etilishi muhokama boʻlmoqda va turli fikr-mulohazalar bildirilmoqda.
Shu bois ota-onalarning va keng jamoatchilikning fikr-mulohazalari, takliflari asosida yagona maktab formasi talabi yangi oʻquv yilidan tatbiq etilmaydi.
"Yaʼni, yangi oʻquv yili 2022 yil sentyabr oyidan boshlab ota-onalar yagona formani xarid qilishiga majburiy talab qoʻyilmaydi va maktabga yagona formada kelmagan oʻquvchilarga nisbatan hech qanday eʼtirozlar bildirilmaydi", deydi Baxtiyor Saidov.
Shuningdek, milliy qadriyatlardan kelib chiqib, oʻquvchi-qizlarning maktabga ochiq rangdagi milliy roʻmolni boshning orqa tomonidan oʻragan holda kelishlari maʼn etilmaydi.
Oʻquvchi-qizlarning liboslari, yaʼni yubka va kofta yenglarining uzunligi borasida ham ayrim tushunmovchiliklar boʻlmoqda. Shunga koʻra, oʻquvchi-qizlarning yubka va kofta yenglarining uzunligini uzaytirishga ruxsat beriladi, ammo belgilangan oʻlchamdan kalta boʻlishi mumkin emas.
Qolaversa, mahalliy hokimliklar tomonidan kam taʼminlangan oilalarga mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan maktab formasini sotib olinishiga koʻmak beriladi.
Shuningdek, ota-onalar maktab formasini aynan biror tadbirkordan/korxonadan xarid qilish boʻyicha maktab maʼmuriyati tomonidan majbur etilmaydi va bunday holatga yoʻl qoʻyilmaydi.
Maktab formasi savdosi avgust oyidan boshlab har bir tuman va shahar markazlaridagi aholiga qulay joylar hamda maktab yarmarkalarida tashkil etiladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq toʻqimachilik korxonalari tomonidan 1,5 mln komplektdan ortiq maktab formalari tayyorlanib, sotuvga chiqarilgani maʼlum
qilingandi.