Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Dam olish kunlari o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

© Ramiz BaxtiyarovGranichashiy s Afganistanom kishlak Axunbabayev
Granichashiy s Afganistanom kishlak Axunbabayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2022
Obuna bo‘lish
Dam olish kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda dam olish kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, ko‘plab hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Toshkent viloyatidagi ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, 30-iyul-2 avgust kunlari Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatida harorat kechasi 20...25 daraja, kunduzi 30...35 daraja bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida esa harorat kechasi 22...27 daraja, kunduzi 31...36 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 avgustda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 20...25 daraja, kunduzi 32...37 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 1-2 avgust kunlari shamol ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 30-iyulda kechasi 25...30 daraja, kunduzi 35...40 daraja, 31-iyul-2 avgustda kechasi 23...28 daraja, kunduzi 33...38 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining ba’zi joylarida shamol 1-2 avgust kuni 17-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 30-31 iyulda 22...27 daraja, 1-2 avgustda 20...25 daraja, kunduzi 30-iyulda 33...38 daraja, 31-iyulda 30...35 daraja, 1-2 avgustda 28...33 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqa. Harorat kechasi 15...20 daraja, kunduzi 20...25 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0