DXRdagi Golmovskiy qishlog‘i aholisi UQK o‘qqa tutishi ostida qanday yashamoqda

Obuna bo‘lish
Donesk xalk respublikasining Golmovskiy qishlog‘ida istiqomat qiluvchi ayollar RIA Novostiga ukrain harbiylari tinch aholini har kuni o‘qqa tutayotganini so‘zlab berishdi.
Qishloq Ukraina harbiylari pozitsiyadan 800 metr narida joylangan. Ukrainaliklar bu yerni deyarli har kuni o‘qqa tutishadi.
“Ular hamma narsaga zarba berishdi. Hosilga ham zarba berishdi, Pasxa bayramida ham. Hamma narsaga zarba berishdi. Men tomonga “Grad” uchib keldi - portlaydigani. Bu yerdan 12 qop porox yig‘ib oldim. Ishonasizmi, porox, poroxli chiqindi. U niqobsiz supurib olish mumkin emasdi”, - deydi ayollardan biri.
Yana bir fuqaro uning uyiga raketa uchib kelib, vayron qilganini aytdi. Endi uni ta’mirlashga ko‘p vaqt ketadi.
“Mening bu uydan tashqari yana ikkita uyim bor. Mana shu yerdan 300 metrlar narida joylashgan. Albatta, ular ham butunlay vayron bo‘lgan. Oldinda maktab ham bor, ammo u maktab 2015-yildan beri vayron bo‘lgan. Men va Ukraina o‘rtasida - 800 metr masofa bor. Ukrainaliklar to‘g‘ri zarba berishapti. Ilohim, tinchlik bo‘lsin, biz Rossiya bilan bo‘laylik. Mening niyatim shu”, - deydi ayol.
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, Qurolli Kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qo‘shinlariga zarba bermoqda. 25-martga kelib ular birinchi bosqichning asosiy vazifalarini bajarishdi - Ukrainaning jangovar salohiyatini sezilarli darajada kamaytirishdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi endi asosiy maqsad - Donbassni ozod qilish ekanini ta’kidlagan. 3-iyul kuni Lugansk xalq respublikasi to‘liq ozod qilindi.
Yangiliklar lentasi
0