Siyosat

Mirziyoyev Xitoy tashqi ishlar vazirini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev prinyal chlena Gosudarstvennogo soveta, ministra inostrannыx del Kitayskoy Narodnoy Respubliki Van I
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev prinyal chlena Gosudarstvennogo soveta, ministra inostrannыx del Kitayskoy Narodnoy Respubliki Van I - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Van I SHHTga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining tadbirlarida ishtirok etish uchun Oʻzbekistonga kelgan.
TOSHKENT, 28 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Xitoy Xalq Respublikasi davlat kengashi aʼzosi, tashqi ishlar vaziri Van Ini qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Qayd etilishicha, Van I Shanhay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining tadbirlarida ishtirok etish uchun Oʻzbekistonga kelgan.
Oliy darajadagi uchrashuvda Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilingan.
Mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari yuzasidan fikr almashilgan, SHHTning boʻlajak sammiti kun tartibi ham koʻrib chiqilgan.
Yangiliklar lentasi
0