Jamiyat

Toshkent viloyatida lola gulining noyob turi topildi

© Akademiya Nauk Respubliki UzbekistanV pustыne Dalvarzin Tashkentskoy oblasti vpervыe obnarujena senopopulyatsiya Tulipa Borszczowii Baker
V pustыne Dalvarzin Tashkentskoy oblasti vpervыe obnarujena senopopulyatsiya Tulipa Borszczowii Baker - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Topilmadan Oʻzbekiston “Qizil kitobi” ning yangi nashrlarini tayyorlashda foydalaniladi.
TOSHKENT, 28 iyul — Sputnik. Toshkent viloyati Dalvarzin choʻlidan ilk bor lola gulining noyob oʻsimlik turi topildi. Bu haqida Fanlar akademiyasi xabar berdi.
Aytilishicha, hududda oʻsuvchi kamyob va yoqolib ketish xavfi ostidagi noyob oʻsimlik turlarining (Nanophyton botschantzevii, Hedysarum drobovii, Kamelinia tianschanica) monitoringi amalga oshirildi.
Oʻrganishlar natijasida Tulipa Borszczowii Baker turining ilk bor tsenopopulyatsiyasi topildi.
Oʻrganish jarayonida aniqlangan oʻsimlik urugʻlari va tirik oʻsimlik namunalaridan Toshkent viloyati florasining kadastrini yuritishda foydalaniladi.
Qolaversa, Oʻzbekiston “Qizil kitobi” ning yangi nashrlarini tayyorlashda ham qoʻllaniladi.
Maʼlumot uchun, mazkur oʻsimlik aprel va may oylarida gullaydi. Uning balandligi 6 smgacha yetadi. U sariq yoki toʻq sariq rangda boʻlib, huddi lola gulidek markazida toʻq jigarrang dogʻlari bor.
Yangiliklar lentasi
0