Germaniya YeIdagi yetakchiligini yo‘qotishi mumkin – OAV

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishFlag Germanii nad zdaniyem Budestaga
Flag Germanii nad zdaniyem Budestaga  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2022
Obuna bo‘lish
Germaniya Rossiya uglevodorodlariga qaramligi sabab Yevropadagi yetakchi mavqeyini yo‘qotmoqda, deydi jurnalist Mariya Tadeo.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Germaniya uzoq yillar davomida egallab kelgan Yevropadagi yetakchi mavqeyini yo‘qotmoqda. Bu fikrni “Bloomberg” jurnalisti Mariya Tadeo mualliflik ruknida bildirdi.
Unga ko‘ra, bunday holat Rossiyaga qarshi sanksiyalar kampaniyasi natijasida yuzaga kelgan energetika inqirozi va Germaniyaning Rossiya uglevodorodlariga qaramligi sabab yuzaga kelgan.
Muallif taxminiga ko‘ra, nemis iqtisodiy modelining asosiy kamchiligi uning Rossiyaga qaramligi edi. Mazkur sharoitda janubiy davlatlar, jumladan, Ispaniya Yevropada yetakchilikni qo‘lga kiritishi mumkin.
“Berlin zarba bilan kurashayotgan bir paytda, Yevropaning janubi yanada ishonchli bo‘lib bormoqda”, deb yozadi Tadeo.
Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyoti boshlanganidan so‘ng G‘arb Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi. Ba’zi davlatlar Rossiya aktivlarini muzlatish haqida e’lon qili, ko‘plab brendlar Rossiyani tark etdi, Yevropada Rossiya energiya resurslaridan voz kechish chaqiriqlari kuchaydi. Ammo bularning barchasi allaqachon G‘arbning o‘zi uchun muammoga aylanib, inflyatsiya va oziq-ovqat hamda benzin narxining keskin oshishiga olib keldi.
Bundan tashqari, Yevropa yangi isitish mavsumi arafasida gaz tanqisligini boshdan kechirmoqda. "Shimoliy oqim" gaz quvurining texnik xizmat ko‘rsatish uchun to‘xtatilishi fonida, ba’zi davlatlar nasoslar umuman tiklanmasligidan qo‘rqmoqda.
Yangiliklar lentasi
0