Kolumnistlar

Nega banderachilarga AQShning qiruvchi samolyotlari kerak boʻlib qoldi?

© Sputnik / Aleksey VitvitskiySamolyotы F-16
Samolyotы F-16 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Kiyev rejimi avvalgidek NATO qarshisiga umuman reallikdan uzoq maqsadlar qoʻyyapti- yaʼni Ukraina osmonini yopish. Biroq, 24 ta F-16 qiruvchilari bilan buni amalga oshirish texnologik jihatdan mumkin emas.
Tirik qolish uchun Kiyev rejimiga AQShni Rossiyaga qarshi toʻgʻridan-toʻgʻri mojaroga aralashtirish kerak boʻladi. Buning uchun esa Ukraina Qurolli Kuchlarini “oʻz-oʻzini himoya qilish uchun” NATOning boshqa qandaydir zarba beruvchi samoletlari bilan emas, balki Amerikaning F-16 qiruvchi samoletlari bilan birgalikda uzoq masofali raketali qurollar bilan taʼminlash kerak boʻladi.
Ukrainaning mudofaa vaziri Aleksey Reznikov Ukraina Qurolli Kuchlari Havo kuchlarinining kelajagini Amerikaning F-16 “tez va universal” qiruvchi samoletlarini qurollar safiga kiritish bilan bogʻlamoqda, aerodromlarni adaptatsiya qilish, ushbu mashinalarga texnik xizmat koʻrsatadigan infratuzilmani shakllantirish haqida oʻylamoqda.
AQSH Harbiy – havo kuchlari shtabi boshligʻi Charlz Braun avvalroq Kiyevga tanlash uchun- Amerikada ishlab chiqarilgan F-15 yoki F-16, Yevropada ishlab chiqarilgan Eurofighter, Rafale, Gripen larini taklif qildi. Baribir AQShning Kiyevga yangi zamonaviy F-16 ikki eskadrillari bilan taʼminlashi, ehtimol bu yerda (xuddi shunday samoletga ega) uchinchi mamlakat vositachilik qiladi.
F-16 ni muhokama qilish kontekstida Kongress vakillari palatasi Mudofaa mablagʻlari toʻgʻrisidagi qonunga ukrainalik uchuvchilar va texniklarni Amerika samoletlarini boshqarishga oʻrgatish uchun 100 million dollar ajratish toʻgʻrisida tuzatishni maʼqullashdi. “Mashgʻulotlar” oʻtkaziladigan joy hali aniqlanmagan, ammo summa niyat jiddiy ekanligini bildiradi. Darvoqe, F-16 Block 70 soʻnggi modifikatsiyasining bir komplekti qariyb 200 million dollar turadi, F-35 qimmatroq. Rossiyaning zenit raketalari “koʻrinmas”lar uchun ancha arzonroq tushadi.
Amerikada ishlab chiqarilgan A-10 Thunderbolt (bu AQSH Harbiy-Havo kuchlari vaziri taklifi) Ukraina Qurolli Kuchlariga ehtimoliy yetkazilishi (sotilishi) Kiyevda dastlabki muhokamalar bosqichida qatʼiyan rad etildi. Ukraina mudofaa vaziri Reznikov A-10 samoletlarini “eski” va kerakmas deb atadi. Aviatsion pushka atrofida qurilgan A-10 Thunderbolt II Ukrainaning Su-25 laridan yaxshiroq koʻrinadi- u uch barovar uzoq masofaga, ikki barobar oʻq otish kuchiga va aniq otish qobiliyatiga ega. Tajribali advokat Reznikov ayyorlik qilyapti.

Musibatni chaqirmang- bu hali maxsus operatsiya

Kiyev rejimi avvalgidek NATO qarshisiga umuman reallikdan uzoq maqsadlar qoʻyyapti- yaʼni Ukraina osmonini yopish. Biroq, 24 ta F-16 qiruvchilari bilan buni amalga oshirish texnologik jihatdan mumkin emas. Ukraina havo maydonini besh oydan buyon Rossiya Harbiy kosmiy kuchlari nazorat qilyapti.
Amerikaning 4++ avlodiga tegishli yengil F-16 Fighting Falcon qiruvchisi Gʻarbda F-22 va F-35 samoletlariga teng, ammo baribir jangovor xususiyatlariga koʻra, “Sokol”lar Rossiyaning ogʻir Su-35S va Su-30SM qiruvchilar ortida qolib ketadi. Kiyevga Amerikada ishlab chiqarilgan qiruvchilarning yetkazilishi Rossiya hududi chuqurligidagi startegik nishonlarga qarshi F-16 “havo-yer” raketalarini (980 km masofaga ega AGM-158) foydalanish holatida katta ehtimol bilan Rossiya Federatsiyasi va AQShni toʻgʻridan – toʻgʻri toʻqnashuvlarga olib keladi. Ukrainaning Milliy xavfsizlik va Mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov bunday ehtimol borligini ommaviy maʼlum qildi.
Milliy Xavfsizlik masalalari boʻyicha Venada boʻlib oʻtgan muzokaralarda Rossiya delegatsiyasi rahbari Konstantin Gavrilov 27- iyul kuni Kiyevga Gʻarb qurollarini yetkazib berish hajmining koʻpayishi “Rossiya Federatsiyasini kesqinroq javob choralariga oʻtishga majbur qilishi mumkin”ligini aytdi. Gʻarb tomondan yetkazib berilayotgan qurollarning taktik-texnik xususiyatilari shundan iboratki, ular bizning fuqurolarimizga xavf tugʻdiradi... Bu harakatlar harbiy toʻqnashuvlar zonalari kengayishiga olib keladi.
Fakt jihatdan Moskva YEI va NATOni Ukrainadagi maxsus operatsiyaning Ukraina tashqarisiga kengayishi ehtimollaridan ogohlantirgan. Bu texnogolik jihatdan qanday boʻlishi mumkin?
Rossiya aviatsiyasi 27 iyul kuni yuqori aniqlikdagi zarbalari bilan Ukraina Qurolli Kuchlarining Nikolayevdagi ikki brigadasi dislokatsiya punktlarini yoʻq qildi- 200 ga yaqin ukrain harbiylar halok boʻldi. Avvalroq, xuddi shunday zarbalar bilan Odessa viloyatidagi xorijiy yollanma askarlar bazasiga zarba berilgan edi. 600 nafarga yaqin jangarilar yoʻq qilindi. Texnologiya tuzatildi, ish (demilitarizatsiya) tizimli xarakterda.
Rossiyaning X-101 qanotli raketlari tirik kuchlar va dushman jangovar texnikalari joylashgan rayonlarga 5500 km uzoqlikdan zarba berishi mumkin, yaʼni Ukraina Qurolli Kuchlari mutaxassislari uchun oʻquv maydonchalari yoki Kiyev rejimi uchun oʻq-dorilar omborlari – har qanday NATO davlati hududida, shu jumladan, AQSH chegaralarida ham (Atlantika yoki Tinch okeani chegaralarida). Agar harakatlar qarama-qarshiliklarga teng boʻlsa. Eslatib oʻtish joiz, Germaniya hukumati kecha Ukrainaga Rossiya harbiylarini 50 km gacha masofada yoʻq qilish uchun 100 ta oʻziyurar zamonaviy Panzerhaubitze 2000 artilleriya oʻrnatmalar yetkazishni maʼqulladi.
Avvalroq Panzerhaubitze 2000 oʻziyurar artilleriya oʻrnatmalarini Germaniya va Niderlandiya Ukraina Qurolli Kuchlariga 12 va 6 dona partiyalarda yetkazib bergan. Biroq, 100 oʻziyurar gaubitsalarni natsist Kiyev rejimiga xayrihoh boʻlib surbetlarcha jinoyat sifatida qabul qilish mumkin. Berlin juda tavakkal qilyapti. Agar mana shu Rossiyaga qarshi “jinlar bazmi”ga NATO yana bir qancha zamonaviy qiruvchilar qoʻshsa, Uchinchi jahon urushidan faqat moʻjiza qaytara olishi mumkin.
Amerikaning RAND koporatsiyasi tahlilchilari yap-yangi dokladida Shimoliy Atlantika alyansining Rossiya bilan toʻgʻridan-toʻgʻri toʻqnashuvlari ehtimoli oshib borayotganini aytib oʻtishdi: “Agar Rossiya NATO Ukrainada Rossiya qoʻshinlariga hujum qilishga tayyorlanayotgan deb hisoblasa... Eng katta xavf shundaki, Rossiya bu holatda bevosita NATO mamlakatlariga zarbalar berishga qaror qilib qolishi mumkin”. Va bundan tashqari: “Rossiya NATOning Ukrainadagi mojaroga toʻgʻridan-toʻgʻri aralashuvi alyansning katta kuchlarini oʻzining sharqiy chegarasida toʻplash deb hisoblashi mumkin... Rossiya NATO davlatlarining asosiy mamlakatlariga hujum qilishdan oʻzi uchun yetkazilgan zararni kamaytirishning oʻzga chorasi yoʻq deb qaror qilishi mumkin”. Tahlilchilar Rossiyaning taktik yadroviy qurolni paysalga solmasdan foydalanishi mumkinlini alohida taʼkidlab oʻtishmoqda.
Aslida, RAND AQSH va NATO ning yuqori martabali amaldorlari va vakillariga “qizil chiziq”dan oʻtmaslik, Rossiyaga toʻgʻridan-toʻgʻri qarshilikdan tiyilishni maslahat bermoqda. Prezident Vladimir Zelenskiy amerikaliklarning yordami bilan yaqin uch-olti haftada ukrain yerlarini ozod qilish niyatida. Intriga davom etadi xullas.
Yangiliklar lentasi
0