Toshkentda ShHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashining yig‘ilishi boshladi

© Sputnik / Zafar XalilovZasedanie Soveta ministrov inostrannix del (SMID) gosudarstv-chlenov ShOS v Tashkente
Zasedanie Soveta ministrov inostrannix del (SMID) gosudarstv-chlenov ShOS v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2022
Obuna bo‘lish
Uchrashuv 2022-yil 15-16 sentabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Tashkilot sammitiga tayyorgarlikning yakuniy bosqichidir.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Toshkentda ShHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi. Bu haqida Sputnik muxbiri xabar berdi.
Tadbir avvalida ishtirokchilarining birgalikda suratga olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Toshkent shahrida ShHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashining yig‘ilishini ochiq deb e’lon qildi.
© Sputnik / Zafar XalilovZasedanie Soveta ministrov inostrannix del (SMID) gosudarstv-chlenov ShOS v Tashkente
Zasedanie Soveta ministrov inostrannix del (SMID) gosudarstv-chlenov ShOS v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2022
Zasedanie Soveta ministrov inostrannix del (SMID) gosudarstv-chlenov ShOS v Tashkente
“Bugungi kunga qadar O‘zbekiston raisligida hamkorlar bilan 70 dan ortiq yirik tadbirlar o‘tkazildi, ulardan 15 tasi vazirlik darajasida. Ular ShHT rivojlanishining yangi bosqichida tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning ulkan salohiyatini to‘liq ochishga qaratilgan edi”, deydi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov.
Vladimir Norovning so‘zlariga ko‘ra, bu, birinchi navbatda, sanoat kooperatsiyasi, mintaqalararo savdo, transportning o‘zaro bog‘liqligi, innovatsiya, qashshoqlikni kamaytirish, raqamli transformatsiya va "yashil iqtisodiyot" kabi dolzarb va istiqbolli sohalarda amaliy hamkorlikni rivojlantirishdir.
© Sputnik / Zafar XalilovZasedanie Soveta ministrov inostrannix del (SMID) gosudarstv-chlenov ShOS v Tashkente
Zasedanie Soveta ministrov inostrannix del (SMID) gosudarstv-chlenov ShOS v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2022
Zasedanie Soveta ministrov inostrannix del (SMID) gosudarstv-chlenov ShOS v Tashkente
Qayd etilishicha, uchrashuv 2022-yil 15-16 sentabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Tashkilot sammitiga tayyorgarlikning yakuniy bosqichidir.
Shuningdek, davlat rahbarlari Kengashining yig‘ilishi yakunida imzolash uchun taklif etilgan hujjatlar loyihalari, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Qolaversa, Eronni ShHTga qabul qilish bo‘yicha muzokaralar olib boriladi.
Yangiliklar lentasi
0