https://oz.sputniknews-uz.com/20220730/birinchi-avgustdan-nimalar-ozgaradi-26667269.html
Birinchi avgustdan nimalar oʻzgaradi!?
Birinchi avgustdan nimalar oʻzgaradi!?
1 avgustdan nimalar oʻzgaradi!?
2022-07-30T12:57+0500
2022-07-30T12:57+0500
2022-07-30T12:57+0500
jamiyat
qonunchilik
oʻzbekiston
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/02/1c/23035517_0:161:3067:1886_1920x0_80_0_0_667634729825ef21135fe6317c86e42d.jpg
Prezident farmoniga koʻra, davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qoʻshimcha ravishda jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi joriy etiladi.Unga muvofiq:Haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun barcha hujjatlar faqat YAIDXP orqali qabul qilinadiHukumat qaroriga asosan 2022 yil 1 avgustdan boshlab oʻquv guruhlarini roʻyxatga olish, shuningdek, haydovchilikka nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish uchun hujjatlarni va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun barcha tegishli hujjatlar faqat YAIDXP orqali taqdim etiladi. Bunda tadbirkorlik subʼyektlarining oʻquv kurslarini tugatgan haydovchilikka nomzodlardan imtihon qabul qilish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish bundan mustasno.Maishiy texnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash boshlanadiHukumat qaroriga binoan 2022 yil 1 avgustdan boshlab maishiy gaz plitasi, oshxona dudburoni, duxovka va pechka, mikrotoʻlqinli pech, dazmol, suv isitkich kabi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash boshlanadi.Kinoteatrlar maxsus axborot tizimiga ulanishi talab etiladi2022 yil 1 avgustdan boshlab filmlarga nisbatan mualliflik huquqini himoya qilish va sotilgan har bir chiptaga doir haqqoniy maʼlumot bilan tezkor taʼminlovchi respublikada faoliyat yuritayotgan kinoteatrlar faoliyatini avtomatlashtirishga qaratilgan axborot tizimiga ulanmagan holda kinoteatr (kinozal)larda filmlar namoyish etish chakana savdo qilish qoidalarini buzish sifatida baholanadi.Nogironligi boʻlgan shaxslarni hisobga olishning elektron tizimi joriy etiladiToshkent shahrida nogironligi boʻlgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida hisobga olish va koʻrikdan oʻtkazishning yangi "Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza" elektron axborot tizimi joriy etiladi.Bunda, fuqarolarga nogironlikni belgilash uchun asos hisoblanadigan (tibbiy yoʻllanma, kasallik tarixi va ambulator kartadan koʻchirmalar va boshqa) maʼlumotlar axborot tizimiga elektron tarzda kiritilishi taʼminlanadi. 2023 yil 1 yanvardan boshlab axborot tizimi respublikaning boshqa barcha hududlarida toʻliq joriy etiladi."Elektron surishtiruv va dastlabki tergov" yagona axborot tizimi ishga tushadiPrezident qaroriga asosan surishtiruv va dastlabki tergov organlari faoliyatini raqamlashtirish hamda ishni sudga qadar yuritish masalalari boʻyicha "Elektron surishtiruv va dastlabki tergov" yagona axborot tizimi toʻliq versiyada ishga tushadi.Davlat organlari va tashkilotlarida Ochiqlik indeksi joriy etiladiDavlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalarida ochiqlik boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi joriy etiladi.
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/02/1c/23035517_169:0:2898:2047_1920x0_80_0_0_6929ff0d340c40cde1876de46f376b79.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
qonunchilik, oʻzbekiston
Birinchi avgustdan nimalar oʻzgaradi!?
2022 yil 1 avgustdan Oʻzbekiston qonunchiligida ayrim oʻzgarishlar roʻy beradi. Quyida ularning elektron xizmatlarga bogʻliq qismlarini eslab oʻtiladi.
Prezident
farmoniga koʻra, davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qoʻshimcha ravishda jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi joriy etiladi.
Mobil-ID tizimi "Elektron hukumat" tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash boʻyicha yagona axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutadi;
️shaxsni Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyalash fuqaroning xohishiga koʻra davlat xizmatlari markazi yoki notarial idora tomonidan yoxud YAIDXP mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi.
Haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun barcha hujjatlar faqat YAIDXP orqali qabul qilinadi
Hukumat qaroriga asosan 2022 yil 1 avgustdan boshlab oʻquv guruhlarini roʻyxatga olish, shuningdek, haydovchilikka nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish uchun hujjatlarni va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun barcha tegishli hujjatlar faqat YAIDXP orqali taqdim etiladi. Bunda tadbirkorlik subʼyektlarining oʻquv kurslarini tugatgan haydovchilikka nomzodlardan imtihon qabul qilish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish bundan mustasno.
Maishiy texnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash boshlanadi
Hukumat qaroriga binoan 2022 yil 1 avgustdan boshlab maishiy gaz plitasi, oshxona dudburoni, duxovka va pechka, mikrotoʻlqinli pech, dazmol, suv isitkich kabi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash boshlanadi.
Kinoteatrlar maxsus axborot tizimiga ulanishi talab etiladi
2022 yil 1 avgustdan boshlab filmlarga nisbatan mualliflik huquqini himoya qilish va sotilgan har bir chiptaga doir haqqoniy maʼlumot bilan tezkor taʼminlovchi respublikada faoliyat yuritayotgan kinoteatrlar faoliyatini avtomatlashtirishga qaratilgan axborot tizimiga ulanmagan holda kinoteatr (kinozal)larda filmlar namoyish etish chakana savdo qilish qoidalarini buzish sifatida baholanadi.
Nogironligi boʻlgan shaxslarni hisobga olishning elektron tizimi joriy etiladi
Toshkent shahrida nogironligi boʻlgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida hisobga olish va koʻrikdan oʻtkazishning yangi "Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza" elektron axborot tizimi joriy etiladi.
Bunda, fuqarolarga nogironlikni belgilash uchun asos hisoblanadigan (tibbiy yoʻllanma, kasallik tarixi va ambulator kartadan koʻchirmalar va boshqa) maʼlumotlar axborot tizimiga elektron tarzda kiritilishi taʼminlanadi. 2023 yil 1 yanvardan boshlab axborot tizimi respublikaning boshqa barcha hududlarida toʻliq joriy etiladi.
"Elektron surishtiruv va dastlabki tergov" yagona axborot tizimi ishga tushadi
Prezident qaroriga asosan surishtiruv va dastlabki tergov organlari faoliyatini raqamlashtirish hamda ishni sudga qadar yuritish masalalari boʻyicha "Elektron surishtiruv va dastlabki tergov" yagona axborot tizimi toʻliq versiyada ishga tushadi.
Davlat organlari va tashkilotlarida Ochiqlik indeksi joriy etiladi
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalarida ochiqlik boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi joriy
etiladi.