Hodisalar

Moskvadagi yongʻinda ikki nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishPosledstviya pojara v xostele na yugo-vostoke Moskvы
Posledstviya pojara v xostele na yugo-vostoke Moskvы   - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Moskvadagi mehnat migrantlari yashagan xostelda sodir boʻlgan yongʻin oqibatida ikki nafar oʻzbekistonlik vafot etdi.
TOSHKENT, 30 iyul — Sputnik. Moskvadagi yongʻinda ikki nafar oʻzbekistonlik vafot etdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, vafot etganlarning 2 nafari (S.N., 2003 yilda tugʻilgan va A.A., 1986 yilda tugʻilgan) Oʻzbekiston fuqarolari hisoblanadi.
Maʼlum boʻlishicha, 28 iyuldan 29 iyulga oʻtar kechasi Alma-Atinskaya koʻchasidagi 7-korpus, 2-uyda joylashgan xostelda sodir boʻlgan yongʻin oqibatida 8 nafar fuqaro vafot etdi va 4 nafar fuqaro jarohat oldi.
Hodisa yuzasidan Brateyevo tumani tergov qoʻmitasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Marhumlarning jasadlarini Oʻzbekistonga olib kelish boʻyicha barcha choralar koʻrilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0