Bugun ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

© Pixabay / Anrita1705 Zont, illyustrativnoe foto
Zont, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.07.2022
Obuna bo‘lish
Yakshanba kuni Qoraqalpog‘istonda va Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. O‘zbekistonning qator hududlarida bugun, 31-iyul kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.
Sinoptiklar ma’lumotlariag ko‘ra, yakshanba kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Toshkent viloyatining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati +32...+37 daraja, janubda ba’zi joylarda +39 darajagacha bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati +34...+36 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati +20...+25 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0