Indoneziyaning “Citilink” loukosteri O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda

© Pixabay / blende12Samolet v nebe, illyustrativnoe foto
Samolet v nebe, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.07.2022
Obuna bo‘lish
Ziyorat turizmi doirasida O‘zbekiston orqali parvozlarni amalga oshirish imkoniyatlari juda istiqbolli ekanligi qayd etildi.
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. “Citilink” loukosteri O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida aviaqatnovni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda o‘zbekistonlik diplomatlarning aviakompaniya vakillari bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum bo‘ldi.
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, uchrashuvda Indoneziya tomoniga "Umra Plyuc" va "O‘zbekiston Plyuc" ziyorat turizmi dasturlari bo‘yicha Buxoro yoki Samarqand orqali "Citilink" tranzitini ta’minlashning qulay va jozibali imkoniyatlari haqidagi batafsil ma’lumotlar taqdim etilgan.
"Citilink" aviakompaniyasining tijorat direktori Agung Susilo ziyorat turizmi doirasida O‘zbekiston orqali parvozlarni amalga oshirish imkoniyatlari juda istiqbolli ekanligini qayd etdi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston tomonining bu taklifi hamda havo kemalari ijarasi imkoniyati bilan bog‘liq masalalarni muhokama etish uchun uch tomonlama qo‘shma uchrashuvni tashkil etishga kelishib olindi.

"PT Citilink Indonesia" 2001-yilda tashkil etilgan "Garuda Indonesia" milliy aviakompaniyasining loukosteri (kamxarj parvozlarni amalga oshiruvchi aviakompaniya) hisoblanadi. Iyul oyi holatiga ko‘ra, kompaniya aviaparki 40 taga yaqin samolyotdan iborat bo‘lib, har kuni 200 ga yaqin parvozlarni amalga oshiradi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0