Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Koʻz yoshlanishi jiddiy kasalliklar alomatimi

© Foto : PixabaySleza u glaza
Sleza u glaza - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Koʻz yoshlanishiga olib keluvchi omillar turlicha. Shu bois uni davolashda, koʻz shifokoriga murojaat qilish zarur.
Baʼzi insonlar hech bir sababsiz ochiq havoda koʻzlari yoshlanishidan shikoyat qiladi. Qolaversa, kuchli shamol, sovuq havo va yorqin quyosh nurlari taʼsirida ham koʻpchilikda ana shunday holat kuzatiladi.
Respublika koʻz kasalliklari klinik shifoxonasi bosh shifokori Otabek Ikromov buning omillarini sanab oʻtdi.
“Inson tanasidagi mushaklar orasida eng faoli koʻz boʻlib, uning diametiri 2,5 sm.ga yaqin, ogʻirligi esa oʻrtacha 8 gr.ni tashkil etadi, — deydi shifokor. — Qolaversa, koʻz inson tanasidagi eng muhim sezgi aʼzolaridan biri hisoblanib, tashqi axborotlarning 70 foizi aynan u orqali qabul qilinadi”.
Shu boisdan koʻzlarning biror kasallikka chalinishi jiddiy muammo va noqulaylikni keltirib chiqarishi mumkin. Misol uchun, qorachiqlar yoshlanishini olaylik. Afsuski, koʻpchilik insonlar ushbu holatga “oʻtib ketar” qabilida unchalik ham eʼtibor qilavermaydi. Oqibatda esa koʻzda jiddiy asoratlar kelib chiqadi.
Koʻz yoshlanishiga olib keluvchi omillar turlicha boʻlgani bois, uni davolashda, albatta, okulist-shifokorga murojaat qilish, uning sababini aniqlash hamda mutaxassis tavsiyalariga rioya qilish zarur. Oʻzboshimchalik bilan muolajalarni qoʻllash esa keyinchalik tuzatib boʻlmas muammolarga olib kelishi mumkin.
Ikromovning soʻzlariga koʻra, aslida koʻz yoshlanishi gipersekretor hamda retentsion turlarga ajratiladi. Gipersekretor jarayon koʻz yosh suyuqligining meʼyordan ortiq ishlab chiqarilishi boʻlsa, retentsion turi koʻz yosh yoʻllari oʻtkazuvchanligining buzilishi bilan xarakterlanadi.
Gipersekretor koʻz yosh ajralishini keltirib chiqaruvchi omillar bir qancha. Xususan, allergiya, konyuktivit, koʻz muguz pardasining mexanik yoki kimyoviy zararlanishi, infektsion turdagi kasalliklar asorati, keratit shular jumlasidan.
Bu holatda muolajani boshlashdan avval bezovtalikni keltirib chiqarayotgan kasallik aniqlanib, shundan soʻng davo choralari birgalikda olib borilishi maqsadga muvofiq. Ana shundagina kutilgan natijaga erishiladi.
Retentsion koʻrinishi esa koʻz yosh ajralishidagi ayrim buzilishlar bilan xarakterlanadi. Ushbu holat koʻz yosh qopchasi yalligʻlanishi, koʻz yosh kanalining qurib qolishi, burun boʻshligʻi kasalliklari – gaymorit, rinit, poliplar va shilliq qavat shishlari sabab kelib chiqishi mumkin. Bu vaziyatda esa koʻpincha jarrohlik amaliyoti talab etiladi.
“Shunday ekan, agar sizni koʻz yoshlanishi bezovta qilayotgan boʻlsa, eng avvalo, shifokor koʻrigiga boring va uning tavsiyalari bilangina davo muolajalarini oling”, - deya xulosa qildi mutaxassis.
Yangiliklar lentasi
0