Sport

“Osiyo bolalari-2022”: oʻzbekistonlik yunon-rum kurashchilar 5 ta medalga ega chiqishdi

© Foto: Oʻzbekiston Sportni rivojlantirish vazirligiOʻzbekistonlik yunon-rum kurashchilar
Oʻzbekistonlik yunon-rum kurashchilar  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekistonlik kurashchilar Vladivostokdagi xalqaro oʻyinlarda 1 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medalga sazovor boʻlishdi.
TOSHKENT, 31 iyul — Sputnik. Rossiyaning Vladivostok shahrida oʻtayotgan VII “Osiyo bolalari” sport oʻyinlari doirasida oʻzbekistonlik yunon-rum kurashchilar oʻz ishtiroklarini yakunlashdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Husniddin Abdukarimov Oʻzbekiston jamoasiga “oltin” keltirdi. Sarvar Jumayev Seyman Aslanov va Nurmuhammad Roziqovlar kumush medalga sazovor boʻlishdi. Shohjahon Shavkatov esa “bronza” bilan kifoyalandi.
Ertaga oʻzbekistonlik kurashchi qizlar bellashuvlarga kirishishadi.
Shu tariqa “Osiyo bolalari” xalqaro sport oʻyinlarida hozircha Oʻzbekiston terma jamoasi hisobida 18 ta medal, yaʼni 5 ta oltin, 7 ta kumush va 6 ta bronza bor.

Mavzuga oid:

“Osiyo bolalari”: oʻzbekistonlik sportchi ilk kumush medalni qoʻlga kiritdi
“Osiyo bolalari-2022”: sportchilar qanday kutib olindi - foto
Yangiliklar lentasi
0