Jamiyat

Sogʻliqni saqlash sohasida qaysi tizimlar raqamlashtirildi

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Fotobankka oʻtishVrach-otolaringolog prosmatrivayet zapis osmotra uxa patsiyenta
Vrach-otolaringolog prosmatrivayet zapis osmotra uxa patsiyenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Sogʻliqni saqlash sohasida qator elektron tizimlardan foydalanilmoqda.
TOSHKENT, 31 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda "Elektron tibbiyot" tizimi orqali qator tizimlar raqamlashtirildi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xabar qildi.
Taʼkidlanishicha, sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida joriy yilning oʻtgan 6 oyida bolalar audioskriningi va immunizatsiyasi tizimi raqamlashtirildi. Tugʻilish-oʻlim axborot tizimi takomillashtirildi. Shuningdek, homiladorlikni roʻyxatga olish tizimi raqamlashtirildi, tibbiyot axborot tizimlarining "IT-Med" mobil ilovasi ishga tushirildi.
Ayni paytda sogʻliqni saqlash sohasida quyidagi elektron tizimlardan foydalanilmoqda:
- "Telemeditsina" tizimi;
- "MIS" axborot tizimi;
- "SMS-xabarnoma" tizimi;
- "Muassasalar pasporti" tizimi;
- "Yagona tez tibbiy yordam" tizimi;
- "Laboratoriya" tizimi;
- Yurak-qon tomir kasalliklari elektron reyestri;
- "Kadrlarni qayd qilish" axborot tizimi (HRM);
- "Vaktsina logistikasini boshqarish" elektron tizimi;
- "Order" axborot tizimi;
- "Emlash" tizimi;
- "Xatlov" tizimi.
Yangiliklar lentasi
0