Dunyoda

Germaniyada gaz taqchilligining oldini olish uchun juda kam vaqt qoldi - OAV

© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy / Mediabankka oʻtishVыborы v Bundestag
Vыborы v Bundestag - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Keln iqtisodiy tadqiqotlar instituti maʼlumotlariga koʻra, deyarli har toʻrtinchi fuqaro energetika qashshoqligiga tushib qolgan.
TOSHKENT, 1 avg — Sputnik. Germaniyada qishda tabiiy gaz taqchilligi tufayli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan falokatning oldini olish uchun uch oy vaqt bor. Bu haqda “Bloomberg” xabar bermoqda.
“Hozir yozning avjiga chiqqaniga qaramay, Berlinda tanqislikning oldini olish uchun vaqt kam”, deyiladi xabarda.
Maqola mualliflarining soʻzlariga koʻra, Germaniya kantsleri Olaf Sholtsning qatʼiyatsiz siyosati va Rossiya energetikasiga qaramlikni kamaytirishdagi sustligi bunday ayanchli vaziyatga olib kelgan.
“Shaharlar endi cheklovlar oʻrnatishga majbur. Berlindagi prezident saroyi endi tunda yoritilmaydi, Gannover shahri suzish havzalari va sport zallaridagi dushlarda issiq suvni oʻchirib qoʻydi, mamlakat boʻylab munitsipalitetlar odamlarni sovuqdan himoya qilish uchun isitgichlar oʻrnatilgan boshpanalarni tayyorlamoqda. Va bu butun Yevropani qamrab oladigan inqirozning boshlanishi”, deb hisoblaydi kuzatuvchilar.
“Mamlakat, hatto Frantsiyadan ham umid qila olmaydi, uning nosoz yadroviy reaktorlari, aksincha, inqirozni yanada kuchaytirishi mumkin”, deyiladi nashrda.
Mualliflar, shuningdek, elektr quvvati taqchil boʻlgan taqdirda ijtimoiy tartibsizliklar xavfi haqida ogohlantirgan.
Keln iqtisodiy tadqiqotlar instituti maʼlumotlariga koʻra, deyarli har toʻrtinchi fuqaro energetika qashshoqligiga tushib qolgan, yaʼni energiya narxining oshishi aholining boshqa xarajatlarini qoplash qobiliyatiga taʼsir qilmoqda. Bundan tashqari, maqolada taʼkidlanishicha, tabiiy gaz tanqisligi hukumatni favqulodda holat eʼlon qilishga undashi mumkin. Bunday holda, davlat yoqilgʻi taqsimotini nazorat qilishni boshlaydi. Bundan tashqari, Yevropa va Osiyodagi keskin sovuq energetika kompaniyalarini suyultirilgan gaz yetkazib berishning cheklanganligi uchun kurashishga majbur qiladi.
“Bunday stsenariydan narxlarning oshishi kompaniyalarni ishlab chiqarishni toʻxtatishga va sanoatda yoqilgʻiga boʻlgan talabning taxminan 17 foizini yoʻq qilishga undashi mumkin”, deya nashr Wood Mackenzie Ltd. konsalting kompaniyasi tahlilchisi Penni Likning soʻzlarini keltirgan.
Rossiyaning Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish boʻyicha maxsus operatsiyasi boshlanishi bilan Gʻarb Moskvaga nisbatan sanktsiyalar bosimini kuchaytirdi. Koʻpgina davlatlar Rossiya aktivlarini muzlatish haqida eʼlon qildi, Rossiyadan energiyadan voz kechishga chaqiriqlar kuchaydi. Bu choralar Yevropa va Qoʻshma Shtatlar uchun muammo boʻlib, oziq-ovqat va yoqilgʻi narxining oshishiga olib keldi.
Yangiliklar lentasi
0