O‘zbekistonda ilk bor 3D sayohat multfilmi yaratildi

© Sputnik3D animatsionniy film "Puteshestvie po Velikomu Sholkovomu puti"
3D animatsionniy film Puteshestvie po Velikomu Sholkovomu puti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2022
Obuna bo‘lish
Multfilmda musiqalarni yozishda O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov rahbarlik qilgan.
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Texnologiyalar rivojlanib borayotgan bir davrda animatsion grafika sohasida ham ijodiy muvaffaqiyatlarga erishilmoqda. O‘zbekistonda ilk bor sayohat mavzusidagi yorqin dinamikaga boy 3D multfilm yaratildi. Ijodkorlar Sputnik muxbiriga bu mulfilmning yaratilishi haqida so‘zlab berishdi.
“Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab sayohat” (“Puteshestvie po Velikomu Sholkovomu puti”) 3D animatsion filmi “Astir animation” studiyasi tomonidan ishlandi. Hozircha bitta qism yaratdik va kelgusida yana ko‘p qismlar yaratish rejamizda bor. Biz jamoa bilan yuqori sifatli, jahon standartlariga mos multfilmlar ishlashni maqsad qilganmiz”, - deydi “Astir animation” studiyasi direktori, animator Abdulatif Haydarov.
© SputnikAbdulatif Haydarov
Abdulatif Haydarov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2022
Abdulatif Haydarov
Animatsiya ko‘hna Xiva shahrining tarixiga bag‘ishlangan bo‘lib, bosh qahramonlar Xiva bo‘ylab sayohatga chiqishadi. Multfilm sujetida Xiva nomi qanday kelib chiqqani, muhiti va qadimiyligi haqida ma’lumotlar bor.
O‘zbekistonda hali bu mavzuda multfilm bo‘lmaganini, mazkur animatsiya ilk poyqadam ekanligini mutaxassis ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, filmda “Afrosiyob” tez yurar poyezdini, zamonaviy va tarixiy Xiva atmosferasini, ertaknamo uchar gilam, sehrgarlar va boshqa eksklyuziv qahramonlarni ko‘rish mumkin.
Ssenariy muallifi Gulchehrabegim Mahmudova, postanovkachi rejissor Abdulatif Haydarov, postanovkachi rassom Zilola Hamidova, postanovkachi operator Rustam Murodov, kompozitorlar Shuhrat Zokirov, Farrux Zokirov.
“Qadimdan yurtimiz Markaziy Osiyo va butun dunyoda sivilizatsiyalar nuqtasi bo‘lgan. “Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab sayohat” multfilmida biz Xiva orqali uning tarixiy qiyofasini ochib berishni maqsad qildik. Voqealar oxirida qahramonlar To‘maris yashagan davrga tushib qolishadi. Asarning keyingi qismi jasur sarkarda ayol To‘maris haqida yaratiladi”, - deydi Haydarov.
Animatsiya muallif Gulchehrabegim Mahmudovaning “Zamon ruhi haqida doston” (“Skazanie o duxe vremon”) kitobi asosida rus tilida tayyorlangan. Endilikda o‘zbek va ingliz tillariga tarjima qilinadi.
© Sputnik
Moment sozdaniya multfilma - Sputnik O‘zbekiston
1/3
© Sputnik
Moment sozdaniya multfilma - Sputnik O‘zbekiston
2/3
© Sputnik
Moment sozdaniya multfilma - Sputnik O‘zbekiston
3/3
1/3
2/3
3/3
“Asar mendagi uzoq kutilgan Sharq va G‘arb madaniyati xazinasining g‘oyasi bo‘ldi. Tan olish kerak g‘oya bu boshlanadigan ulkan ishlarga katta narvon va jarayonlarga muhim dastak bo‘ladi. “Begim” jamoasi biz Pipeline – xuddi konveyer, ish jarayonining tizimi bo‘ldik. Nihoyat biz kutgan animatsiya dunyoga keldi”, - deydi faxr bilan Gulchehra Mahmudova.
Multfilm Xiva shahri tarixidan boshlangan bo‘lsa, keyingi qismlarida Amir Temur, ibn Sino, Iskandar Zulqarnay siymolari bilan bog‘lanadi. Baqtriya, Sug‘diyona kabi qadimiy hududlarga sayohatlar bo‘lib, afsonaviy Buyuk ipak yo‘li o‘tgan nuqtalargacha Xitoy, Hindistondan “Toj mahal” obidasigacha ko‘rsatiladi. Qahramonlar Mirzo Ulug‘bekning “Zichi Ko‘ragoniy” yulduzlar jadvali orqali sayyoralarga va koinotga sayohat qilishadi.
“Animatsion filmni yaratish juda murakkab jarayon. Bu har bir mutaxassisdan katta tajriba, g‘ayrat va sabr talab etadi. Biz Abdulatif bilan hamkorlikda bularning barchasini topa oldik va ijodiy hamkorligimiz bardavom bo‘ladi”, - deydi muallif.
Multfilmda musiqalarni yozishda O‘zbekiston xalq artisti, Davlat mukofoti laureati Farrux Zokirov rahbarlik qilgan. Shuhrat Zokirov bilan ijodiy tandem asosida mavzuga xos musiqalar ishlangan. Qo‘shiqlarni rossiyalik yosh pop-qo‘shiqchi Amirchik (Amirxan Batabayev) ijro etgan.

Ma’lumot uchun, “Astir animation” studiyasi tomonidan Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Avtosarguzashtlar” (ko‘p qismli”, “Sayyoh”, “Xasis baqqol” kabi animatsion filmlar yaratilgan.
Yangiliklar lentasi
0