O‘zbekistonliklar Rossiyadagi tarixiy va ta’lim forumlarida ishtirok etishlari mumkin

© Sputnik / Maksm Bogodvid / Mediabankka o‘tishStend Rossiyskogo eksportnogo sentra na vistavke XXV Peterburgskogo mejdunarodnogo ekonomicheskogo foruma
Stend Rossiyskogo eksportnogo sentra na vistavke XXV Peterburgskogo mejdunarodnogo ekonomicheskogo foruma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2022
Obuna bo‘lish
Xorijiy davlatlarning yosh vakillari uchun “Yangi avlod” dasturi doirasida Yekaterinburg va Oltoyga sayohatlar tashkil etiladi.
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. “Yangi avlod” dasturi doirasida Rossiyaga qisqa muddatli sayohatlarda ishtirok etish uchun saralash tadbirlari boshlandi. Bu haqida Toshkentdagi "Russkiy dom" matbuot xizmati xabar berdi.
Tanlovda 25 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishi mumkin. “Yangi avlod” dasturida ilgari ishtirok etgan yoshlar bu yilgi forumda qatnasha olmaydi.
Dasturlarda qatnashish istagidagi yoshlar rezume, "Nima uchun aynan *tanlangan tadbirga* borishim kerak" mavzusida motivatsion esse-xat, shuningdek tavsiya xati, agar mavjud bo‘lsa qo‘lga kiritilgan yutuqlar ro‘yxatini pochta orqali yuborishlari kerak bo‘ladi.
Yekaterinburgda 13-18 sentabr kunlari “Xorijiy talabalar uchun xalqaro yozgi tarix maktabi”ning navbatdagi tadbiri bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, 14-18 sentabr kunlari Oltoy o‘lkasining Barnaul va Belokurixa shaharlarida “Oltoy-Osiyo 2022: Yevroosiyo ta’lim maydoni” V Xalqaro ta’lim forumi bo‘lib o‘tadi.
Forumda ishtirok etish uchun arizalarni 14-avgustgacha topshirish mumkin.
Ishtirokchilarning parvozlari va turar joy xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.
Yangiliklar lentasi
0