Rossiyaning dunyo okeanidagi troya oti: "Losharik” suv osti kemasi sirlari

© Foto : George HutchinsonRossiyskiy korabl "Vitse-admiral Kulakov"
Rossiyskiy korabl Vitse-admiral Kulakov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2022
Obuna bo‘lish
AC-31 uzunligi - 60 m, kengligi 7 m, suv sig‘imi- 2100 tonna. Ekipaj 25-35 ofitserdan iborat. Avtonom yurish imkoniyati - ikki oy, kemada ishlash va dam olish uchun bo‘limlar, oshxona bor.
Rossiya Harbiy-dengiz floti dunyo okeanida o‘z mavqeyini oshirmoqda, har yili “Yasen-M” loyihasining yangi ko‘p nishonli atom submarinlari hamda “Borey-A” loyihasining strategik raketa tashuvchi suvosti kemalari bilan to‘ldirilib bormoqda.
Rossiya yadroviy uchligining dengiz komponentlari qudrati AQSh va NATOni RF ning dunyo sahnasidagi manfaatlari va pozitsiyalarini to‘liqroq hisobga olishga majbur qiladi. Bundan tashqari, G‘arb Rossiya harbiy-dengiz flotining noma’lum instrumentlari va imkoniyatlaridan xavotirda. Masalan, AS-31 yoki “Losharik” chuqur dengiz atom stansiyasidan.
Rossiyaning Harbiy-dengiz floti jangovar tarkibiga 8-fevral kuni, tarkibida “Poseydon” - masofadan turib boshqariladigan yadroviy apparatlari bo‘lgan, zarba qudrati bo‘yicha jahon chempioni – “Belgorod” ko‘p maqsadli tadqiqot submarinasi qo‘shildi.
Biroq, quvvati 100-megatonna, zarba berish uzoqligi 10 ming km bo‘lgan “Sudniy den” (Qiyomat kuni) torpedolari tashuvchisi “Belgorod”, texnologik mukammallik bo‘yicha AS-31 “Losharik” chuqur dengiz stansiyasiga teng kela olmaydi. Aslida "Belgorod" AS-31ning uchinchi tashuvchisidir. Bundan oldin "Losharik" bilan BS-136 "Orenburg" va BS-64 “Podmoskovye” atom maxsus suv osti kemalari jihozlangan edi.
Rossiya 2027-yilgacha yana uchta submarina tashuvchi quradi, to‘rtinchisini - keyinroq. Shunga ko‘ra, yaqin besh yillikda Rossiya harbiy- dengiz floti yettita “Losharik”larga ega bo‘ladi. Va qaysi muhimroq ekani ham noma’lum: 100-megatonnalik qudratli “Poseydon”mi yoki 6000 metr chuqurlikda harakat qilishga qodir bo‘lgan sirli AS-31? Ma’lumot uchun, bugungi kunda sayyoradagi boshqa barcha suv osti kemalarining sho‘ng‘ish chegarasi 1000m.
So‘nggi 30-yillarda qurilgan dunyodagi eng katta submarina “Belgorod” mutlaqo maxfiy bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi chuqur dengiz tadqiqotlari bosh boshqarmasining uchinchi kemasiga aylandi. Bunday super tashuvchilarning umumiy soni eng murakkab jangovor va tadqiqot vazifalarini hal qilish uchun mo‘ljallangan Rossiyaning yangi, yuqori texnologiyalari “okean maxsus kuchlari” tashkil etilganligini ko‘rsatadi. Bu yerda “Losharik” alohida rol o‘ynaydi.
1083 loyihasining AS-31 atom stansiyasi Rossiya harbiy dengiz flotining eng mukammal, tovushsiz va qudratli suvosti kemasi hisoblanadi. G‘arbdagi mutaxassislar uni razvedkachi deb hisoblashadi. Lekin bu bir qarashda, “Losharik”ning tadqiqiy va jangovar salohiyati - ko‘p qirrali.

“Multfilmdan olingan" konstruksiya

“Losharik”- sir-sinoatlarga to‘la va qurol texnologiyasining yuqori cho‘qqisi, kosmik qurollardan kuchliroq. 2003-yilda Severodvinskda yarim o‘nlab sharsimon bo‘linmalardan iborat birinchi AS-31 titan korpusi ishga tushirilgan. Kema konstruksiyasi bir-biriga ulangan shariklardan iborat bo‘lib u sovet multfilmidagi shariklardan yasalgan o‘yinchoq ot - "Losharik"ni eslatadi. Texnik xususiyatlari unikal. Xorijliklar yana bir yil 1083 loyihasini diqqat bilan kuzatib bormoqda, chunki dunyoda uning muqobili yo‘q.
Titandan yasalgan mustahkam korpus ulkan bosimga dosh berishga qodir - 1 kvadrat santimetrga - 1000 kg dan ortiq. Bu AS-31ga okeanlarning eng chuqur hududlari tubiga sho‘ng‘ish imkonini beradi. Rossiya va xorijiy ochiq manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, “Losharik” 6 kilometrdan ortiq chuqurlikda avtonom ishlash uchun yaratilgan. Yadro reaktori sferalardan birini egallaydi va kemaga suv ostida 30 uzel yoki soatiga 60 km tezlikda harakatlanish imkonini beradi. AC-31 uzunligi - 60 m, kengligi 7 m, suv sig‘imi- 2100 tonna. Ekipaj 25-35 ofitserdan iborat. Avtonom yurish imkoniyati - ikki oy, kemada ishlash va dam olish uchun bo‘limlar, oshxona bor.
Taxminlarga ko‘ra, Losharik gidroakustik stansiya, optik kuzatuv tizimi, mexanik manipulyatorlar va dronlar bilan jihozlangan. Bort apparaturasi suv osti landshaftini o‘rganish, yerga tashqi sensorlar va boshqa mahsulotlarni o‘rnatish imkonini beradi (ehtimol “Poseydon”lar uchun prichal). G‘arbda “Losharik” katta hajmdagi ma’lumotlarni uzatish uchun ishlatiladigan suv osti telekommunikatsiya kabellariga ulanishi mumkinligidan qo‘rqishmoqda. Ushbu kabellarning bittasi yoki bir nechtasiga zarar yetkazilishi Internet-trafik, bank operatsiyalarini buzadi va telekommunikatsiya xaosini keltirib chiqaradi. Aslida esa bundan ham muhimroq vazifalar bor.
Hisobga olish kerakki, AQSh strategik yadroviy kuchlarining asosini “Oxayo” tipidagi suvosti kemalarida joylashtirilgan qit’alararo “Traydent-2” ballistik raketalar tashkil etadi. Amerika submarinlari yilning 60% vaktida dengizda, asosiy bazalari va jangovar patrul yo‘nalishlarida o‘tkazadi. AQSh qirg‘oqlarida havo va suv usti vaziyati suv ostidagiga qaraganda qattiqroq nazorat qilinadi. Demak katta chuqurliklarda harakatlarnuvchi apparat Rossiya HDFga operativ kenglikni ta’minlaydi.
Taxminimcha, “Belgorod”ning Tinch okeani flotida shoylashuvi ham bejizga emas. Bunda geografik mo‘ljallar, ustuvorliklar va assosiatsiyalar hisobga olingan.

Geografiya va strategiya

“Losharik”ning tadqiqot va jangovar vazifalari borasida ochiq manbalarda ma’lumotlar kam. “Bilvosita dalillar” bilan farazlar tuzish mumkin. Masalan, bir necha yil avval “Vitaz” sun’iy intellektli odamsiz suv osti kemasi Kamchatkadan tortib “Mariana” cho‘kmasigacha suzib o‘tgan va yo‘nalishda okean tubi relyefining kartografiyasi va foto- video tasvirga olish bilan shug‘ullangan edi. Vitaz hatto 10 km lik chuqurlikda ham baza (suv usti kemasi) bilan aloqani yo‘qotmagan. Okean chuqurliklari harbiy jihatdan dushman tomon eng xavfsiz yo‘lni ta’minlaydi. Masalan, Mariana botig‘i - Guam orolidagi AQSh Harbiy-havo va Harbiy - dengiz bazalariga yo‘l ochadi. “Losharik” yoki “Poseydon” uchun “xarita”lar ham tayyor bo‘lishi mumkin.
“Sevmorgeo” ekspeditsiyasi doirasida 2012-yilning sentabrida AS-31 “Orenburg” BS-136 maxsus atom suvosti kemasi bortida Shimoliy qutb rayoniga yetkazildi. U yerda “Losharik” ikki kilometrdan ko‘proq chuqurlikdan kernlarni chiqarib oldi. Ulardan keyinchalik Lomonosov va Mendeleyev tog‘ tizimlari tizmalari qit’a shelfining Rossiya qismiga tegishli ekanligining dalili sifatida foydalanildi.
Rossiya Federatsiyasi o‘z kontinental shelfining davomi sifatida ko‘rib chiqadigan suv osti hududlarining umumiy maydoni 1,2 million kvadrat kilometrni tashkil qiladi. Kengaytirilgan kontinental shelf ostidagi uglevodorod zaxiralari 5 milliard tonna standart yoqilg‘i yoki jahon neft zaxiralarining 12% ni tashkil qiladi.
Ehtimol, AS-31 uchun Shimoliy djengiz yo‘li (SMP) ni himoya qilish dolzarb vazifa bo‘lib qoladi. BS-54 “Podmoskovye” maxsus submarinasi 24-iyul kuni Kol yarimorolidan shimolga chiqishi rejalashtirilgan edi. Xullas ish ko‘p.
Bugun Popular Mechanics, The National Interest va boshqa maxsus nashrlar “Poseydon” yadroviy dronlarining vayron qiluvchi xususiyatlariga asosiy e’tiborni qaratishayotgan bo‘lsa-da sirli “Losharik” dushmanga undan-da ko‘proq muammolar tug‘dirishi mumkin. Rossiya Harbiy- dengiz floti uchun sun’iy ongli chuqur dengiz sharoitida boshqarilishi mumkin bo‘lgan va robotlashtirilgan tizimlarni rivojlantirishda davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0