Dunyoda

Xersonda Dnepr daryosi orqali kechib oʻtish tashkil etildi – video

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka oʻtishVid na reku Dnepr i Xerson.
Vid na reku Dnepr i Xerson. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Xersondagi Dnepr daryosi ustidan oʻtgan Antonovka koʻprigi Ukraina Qurolli kuchlarining hujumi oqibatida shikastlangan.
TOSHKENT, 1 avg — Sputnik. Rossiya harbiylari Ukraina tomonidan oʻqqa tutilishi sababli yopilgan Antonov koʻprigi yaqinida Dnepr orqali kechib oʻtishni tashkil qilishdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Odamlar va xususiy mashinalar panton paromida daryoning narigi tomoniga olib oʻtilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Xersondagi Dnepr daryosi ustidan oʻtgan Antonovka koʻprigi Ukraina Qurolli kuchlarining tungi hujumi oqibatida shikastlangan edi. Mutaxassislar koʻprikning shikastlangan joylarini oʻrganishmoqda va u tez orada qayta tiklanadi.
Antonovka koʻprigi Xersondagi yagona avtomobil koʻprigi. U Dnepr daryosining gʻarbiy tomonida joylashgan shaharni Xerson viloyatining boshqa qirgʻoqdagi bir qismi bilan bogʻlaydi. Uzunligi 1366 metr.
Maxsus operatsiya davomida Rossiya harbiylari Xerson viloyati va Zaporojye viloyatining Azov qismini nazorat ostiga oldi. Ularning ikkisida ham harbiy-fuqarolik maʼmuriyatlari tashkil etildi, Rossiya telekanallari va radiostantsiyalarini efirga uzatish boshlandi, Qrim bilan savdo aloqalari tiklanmoqda. Viloyatlar Rossiya tarkibiga kirish rejalarini eʼlon qildi.
Yangiliklar lentasi
0