Yadro urushida g‘olib bo‘lishi mumkin emas – Putin

© Sputnik / Sergey GuneyevPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti yadro urushi hech qachon boshlanmasligi kerakligini ta’kidladi.
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Yadro urushida g‘olib bo‘lishi mumkin emas va u hech qachon boshlanmasligi kerak. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma harakatini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan konferetsiya mehmonlari va ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida ma’lum qildi.
“Yadro urushida g‘olib bo‘lmasligi va u hech qachon boshlanmasligidan kelib chiqamiz va dunyo hamjamiyatining barcha a’zolari uchun teng va bo‘linmas xavfsizlik tarafdorimiz”, - deya ta’kidlagan Rossiya rahbari.
Shuningdek, Putin Rossiya tegishli qurollarni qisqartirish va cheklashga oid AQSh bilan ikki tomonlama kelishuvlar doirasida o‘z majburiyatlarini to‘liq bajarganini qayd etgan.
Rossiya Uchinchi jahon urushi boshlanishiga yo‘l qo‘ymaydi – Medvedev
Yangiliklar lentasi
0